Siyosat

Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi
2 dekabr 2024, 17:18

Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi

Oktabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi. U vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Saudiya Arabistonida BMTning cho‘llanishga qarshi konferensiyasi boshlandi
2 dekabr 2024, 16:55

Foto: Saudiya Arabistonida BMTning cho‘llanishga qarshi konferensiyasi boshlandi

Ar-Riyod shahrida BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ham ishtirok etayotgan tadbirda cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratiladi. Fotoreportaj.

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi
2 dekabr 2024, 15:04

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Xitoy o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi
1 dekabr 2024, 18:16

Xitoy o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi

O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston fuqarolariga 30 kun davomida Xitoy Xalq Respublikasiga vizasiz sayohat qilish huquqini beruvchi kelishuvni imzoladilar. O‘zgarishlarning kuchga kirishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

O‘zbekistonda 14 nafar hokim qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishdagi kamchiliklari uchun hayfsan oldi
1 dekabr 2024, 09:29

O‘zbekistonda 14 nafar hokim qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishdagi kamchiliklari uchun hayfsan oldi

Uchta viloyatning 12 ta tuman va shahri hokimi elektr energiyasi va gazni tejash bo‘yicha rejalarni buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslari talon-toroj qilingani uchun 2 hokim va 3 hokim o‘rinbosari jazolandi. “O‘zbekko‘mir” rahbari o‘rinbosari ham jazo oldi.

Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi
30 noyabr 2024, 17:18

Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi

Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Adilov tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
30 noyabr 2024, 14:51

Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Mirshakar To‘raboyev Kogon shahriga, O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumaniga hokim bo‘ldi. Ushbu hududlarning avvalgi hokimlari Vobkent va Peshku tumanlariga hokim etib tasdiqlangandi.

Vobkent va Peshku tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi
30 noyabr 2024, 10:07

Vobkent va Peshku tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu lavozimda ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bundan tashqari, Peshku tumaniga Hayot Davlatov hokim etib tasdiqlandi.

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi
29 noyabr 2024, 08:56

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi

2020-yildan buyon Senat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi. Ilgari u Ukraina (o‘rindoshlik asosida Moldovada) va Fransiyada (o‘rindoshlik asosida Portugaliyada) ham elchi bo‘lib ishlagan.

Samarqand viloyatini 6 yil boshqargan Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
28 noyabr 2024, 14:19

Samarqand viloyatini 6 yil boshqargan Erkinjon Turdimov ishdan ketdi

2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi. Uning o‘rnini Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan Adiz Boboyev hokim vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi
27 noyabr 2024, 11:26

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Vengriya, Xorvatiya va Sloveniyadagi elchisi bo‘lgan Oybek Shaxavdinov Chernogoriyadagi birinchi elchi etib tayinlandi.

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi
26 noyabr 2024, 23:10

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi.

Italiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
26 noyabr 2024, 20:37

Italiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston ravvinning o‘ldirilgani bo‘yicha tergovda BAA va Isroil bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda — TIV
26 noyabr 2024, 14:34

O‘zbekiston ravvinning o‘ldirilgani bo‘yicha tergovda BAA va Isroil bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda — TIV

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Isroil elchisi Gideon Lustigga ravvin Zvi Kogan vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Avvalroq BAAda uning o‘limida gumonlangan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingandi. Saidovning aytishicha, o‘zbek tomoni tergovda har ikki davlat rasmiylari bilan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi
25 noyabr 2024, 21:45

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili etib tayinlandi va tashkilot bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchisi lavozimidagi vazifasini ham davom ettiradi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi
25 noyabr 2024, 21:03

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi

Akbar Sultanov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. U 2021-yil mayidan buyon raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Sultanov martdan beri uyushma raisi vazifasini bajarib kelayotgan Farxod Nurmuxamedov o‘rnini egalladi.

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi
25 noyabr 2024, 16:22

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotganlar 7 kishiga yetganini bildirdi. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Yana birining Qozog‘istonda yashiringan manzili aniqlandi.

Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
25 noyabr 2024, 15:16

Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

“Adolat” va Ekopartiya tomonidan ishlab chiqilgan madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ushbu tashabbus prezident tomonidan ma’qullangandi.

O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashdi
25 noyabr 2024, 12:32

O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning yordamchisi va qabulxonasi mudiri Sarvar Ashurov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shuhrat Ibragimov egalladi.

“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident
25 noyabr 2024, 11:13

“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident

Shavkat Mirziyoyev barcha davlat ijro hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkentga ko‘chirish rejalarini ma’lum qildi. “Tasavvur qiling, katta mashinalar kelmaydi, tirbandlik bo‘lmaydi, odamlar esa bundan faqat foyda ko‘radi”, — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting