Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23−24 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Davlat rahbari Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.
Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Feruza Maxmudova O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U oldinroq TIVning ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
«Bunday muammolarni hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi. Lekin o‘sha joydagi senatorlar jim, ulardan aks-sado chiqmaydi». Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narboyeva joylardagi senatorlarning muammolarga munosabat bildirmasligini tanqid qilib, ularni aniqlashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni kattaligini ta’kidladi.
Oliy Majlis Senati “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida” gi qonunni byurokratik tartib-taomillarni kuchaytirishi, qonunlarni chetlab o‘tishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkinligi sababli qabul qilmadi.
O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga yo‘llagan maktubida uning koronavirus kasalligiga chalingani to‘g‘risidagi xabarni katta xavotir bilan qabul qilganini ta’kidladi. O‘zbekiston prezidenti Elboshi virusni qisqa fursatlarda yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.
Vazirlar Mahkamasining koronavirus aniqlangan ikki xodimida kasallik klinik belgilarsiz kechayotgani ma’lum qilindi. Ayni paytda hukumat doimiy tartibda ishlamoqda
O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlangan Dilshod Axatov Deli shahriga jo‘nab ketdi. Avvalroq, u tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish uchun apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi. Shuningdek, nizolarni muqobil usulda hal qilish bilan shug‘ullanuvchi Mediatsiya markazlari ham tuziladi. Eksperiment tariqasida, 1 iyuldan Toshkentda davlat xizmatlari markazlarida nizolashuvchi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalanish uchun alohida xonalar ajratiladi.
Hukumat qaroriga binoan Abdulaziz Xaydarov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi.
AQSH hukumati O‘zbekiston moliyaviy shaffofligini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, haligacha bu soha minimal talablarga javob bermaydi deya baholadi.
Hukumat qarori bilan Odil Abduraxmanov yangi tashkil etilgan Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.
Toshkentda ikki hafta ichida aholi orasida 482 ta koronavirus holati aniqlangan, ularning 57 tasida virus qayerdan yuqtirilgani noma’lum. Prezident hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshirish lozimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi koronavirusga qarshi kurashishga bag‘ishlangan videokonferensiyada qatnashadi.
Ilhom Matkarimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Alisher Narbayev va Zairdjan Bazarbayev mudofaa vazirining yangi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanishdi.
“Adolat” va O‘zLiDep partiyalari siyosiy kengashi raislari hamda Ekologik partiyaning a’zosi Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq hodisani qoralab, ichki ishlar tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligini ta’kidlashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting