Siyosat

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
27 avgust 2024, 13:29

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.

Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
27 avgust 2024, 13:04

Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.

Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi
27 avgust 2024, 09:53

Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgan sobiq hokim bir hafta o‘tib ishdan bo‘shadi
27 avgust 2024, 08:00

Andijon shahri Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgan sobiq hokim bir hafta o‘tib ishdan bo‘shadi

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17-avgust kuni Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgandi. Bir hafta o‘tgach, u “sog‘lig‘i sababli” ushbu lavozimdan ketdi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini borib ko‘rdi
26 avgust 2024, 19:06

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini borib ko‘rdi

Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlat fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi
26 avgust 2024, 16:13

Davlat fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi

Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon imzoladi. O‘zgarishlar, jumladan, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha loyihalarni tanlashda shaffoflikni oshirishni o‘z ichiga oladi.

Qozog‘istonning qator davlat va jamoat arboblariga “Do‘stlik” ordeni berildi
26 avgust 2024, 15:28

Qozog‘istonning qator davlat va jamoat arboblariga “Do‘stlik” ordeni berildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan 6 nafarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Ular orasida davlat maslahatchisi, prezident yordamchisi, vazir, elchi va boshqalar bor.

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun 39 mamlakatda saylov uchastkalari tashkil etiladi
26 avgust 2024, 14:45

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun 39 mamlakatda saylov uchastkalari tashkil etiladi

O‘zbekiston parlament saylov uchastkalari 39 mamlakatda tashkil etiladi. Ulardan eng ko‘pi Rossiyada — yettita, Qozog‘iston va Xitoyda — uchtadan bo‘ladi. 7 mamlakatda ikkitadan, 29 mamlakatda bittadan uchastka ochiladi.

Bosh vazir o‘rinbosaridan tuman hokimigacha: prezident qator davlat xizmatchilarini mukofotladi
25 avgust 2024, 10:19

Bosh vazir o‘rinbosaridan tuman hokimigacha: prezident qator davlat xizmatchilarini mukofotladi

Prezident Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida vazirlar, viloyat va tumanlar hokimlari, agentlik va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari hamda boshqa amaldorlar ham bor. Ro‘yxat.

“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
23 avgust 2024, 17:26

“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.

2025-yil O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiya yili bo‘ladi
23 avgust 2024, 16:32

2025-yil O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiya yili bo‘ladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2025-yilni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qilish hamda 20 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastur qabul qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi
23 avgust 2024, 15:45

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi.

“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev
23 avgust 2024, 14:33

“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.

“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov
23 avgust 2024, 11:29

“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi
22 avgust 2024, 16:33

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Deputatlar davlat siri to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi
22 avgust 2024, 14:34

Deputatlar davlat siri to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi 1993-yilda qabul qilingan amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Hujjatda maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.

Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
22 avgust 2024, 13:32

Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hujjat xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Ozarbayjon prezidenti 22-avgust kuni O‘zbekistonga keladi
21 avgust 2024, 19:43

Ozarbayjon prezidenti 22-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 22−23-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Toshkentda davlatlararo oliy kengash birinchi majlisini, shuningdek, ikki mamlakat biznes vakillari uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?
21 avgust 2024, 14:31

Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

ITIMning lingvistik tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Nukusda o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda salkam 5000 ta so‘zdan foydalandi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor”, “yer”, “bank” va boshqalar bo‘ldi. Batafsil.

O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyaga parlament saylovlarida qatnashish uchun ruxsat berildi
21 avgust 2024, 12:10

O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyaga parlament saylovlarida qatnashish uchun ruxsat berildi

Markaziy saylov komissiyasi barcha siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida qatnashish uchun ruxsat berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting