Qonunchilik palatasida deputatlar Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.
O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishini aytdi. U xalqning tinch va erkin hayotini asrash eng muhim vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi. “U katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar”, — dedi prezident.
Oliy Majlis Senatining saylovdan keyingi birinchi majlisida yangilangan yettita qo‘mita va bitta komissiya tuzilib, ulardan oltitasiga rais saylandi. Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi o‘rniga Odob-axloq komissiyasi tashkil etildi.
Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati shular jumlasidandir.
Prezident hokim va kengash raislari vakolatlarining taqsimlanishini xalqning 30 yillik orzusini o‘zida mujassam etgan siyosiy islohot, deb atadi. Shuningdek, hokimlarning yanada ko‘proq vakolatlarini kengashga o‘tkazish, tuman va shaharlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish ko‘zda tutilgan.
19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Qonunchilik palatasi deputatlarining yangi tarkibi oldida chiqish qilib, parlamentda muhokama va muxolifat bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu buyuk xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Senatda yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlari ko‘p hollarda chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida avvalgi 12 ta qo‘mita o‘rniga yangi tarkibda 10 ta qo‘mita tuzildi, bir qo‘mitadan tashqari barchasiga rais tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti ikki nafar rossiyalik artist — Sergey Bezrukov va Andris Liyepani “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa o‘zbekistonlik san’atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tartibga soluvchi qonun imzolandi. Hujjat bilan ombudsmanning huquq va majburiyatlari belgilandi, xususan, u 5 yilga saylanadi va inson huquqlari bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. U fuqarolarning shikoyatlari asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati” yuritiladi.
Prezident o‘tgan chaqiriqdagi deputatlar ishiga baho berdi va parlament a’zolarining yangi tarkibi oldida turgan muammolarni sanab o‘tdi. Ular orasida vazirliklarning samarasiz ishlashi, renovatsiya qonunining qabul qilinishi, majburiy tibbiy sug‘urta, qonunchilikni JSTga muvofiqlashtirish va boshqalar bor.
Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Prezident “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasini ma’qulladi.
Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Shuningdek, u deputatlarga Hukumat a’zosi hisoboti yakunlariga ko‘ra, rahbarni iste’foga chiqarish bo‘yicha prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting