Siyosat

Mamlakatda haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi — Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyev siyosati haqida
13 aprel 2021, 10:58

Mamlakatda haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi — Alisher Usmonov Shavkat Mirziyoyev siyosati haqida

Alisher Usmonov fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda sovet ittifoqidan so‘ng bo‘lgan turg‘unlikdan keyin endi haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi. «Ushbu islohotlarning tashabbuskori, birinchi navbatda, o‘z aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan davlat rahbari hisoblanadi», — dedi u Shavkat Mirziyoyev haqida.

Abdulaziz Kamilov Qatardagi «Tolibon» vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
12 aprel 2021, 12:58

Abdulaziz Kamilov Qatardagi «Tolibon» vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

«Tolibon»ning Qatardagi vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar davomida O‘zbekistonning yirik infratuzilma loyihalari Afg‘onistonda to‘laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasida birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi
12 aprel 2021, 12:57

Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasida birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

Shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududida hamkorlik markazini qurishadi
12 aprel 2021, 10:42

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududida hamkorlik markazini qurishadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Turizm va sport vazirligi rahbariyati tayinlandi
10 aprel 2021, 19:19

Turizm va sport vazirligi rahbariyati tayinlandi

Prezident farmoni bilan Aziz Abduhakimov nomzodi bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri sifatida tasdiqlandi. Qolaversa, prezident qarorlari bilan uning o‘rinbosarlari ham tayinlanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
9 aprel 2021, 18:33

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasiga o‘tdi. Uning avvalgi lavozimiga Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan videomuloqot orqali suhbatlashadi
9 aprel 2021, 12:29

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan videomuloqot orqali suhbatlashadi

Kelasi hafta Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti rejalashtirilmoqda. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

YeXHTning amaldagi raisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
9 aprel 2021, 11:41

YeXHTning amaldagi raisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YeXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde kelasi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

«Biror yerda ishlamasin, hamma oyligini davlatga topshirsin» — prezident lavozimidan olingan amaldorlar haqida
9 aprel 2021, 10:53

«Biror yerda ishlamasin, hamma oyligini davlatga topshirsin» — prezident lavozimidan olingan amaldorlar haqida

Shavkat Mirziyoyev ishdan olingan sektor rahbarlarini «siyosatga hiyonatchi» deb atadi. «Ishdan olinganlar ishlagan davridan boshlab hamma oyligini davlatga topshirsin. Televizorda rasmini chiqazib, „xiyonatchi“ deb berish kerak», — dedi prezident.

Sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
8 aprel 2021, 19:26

Sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston prezidenti respublikadagi sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishini qayd etdi. Alisher Sultonov, Sherzod Hidoyatov va Abdurahmon Abduvaliyevga sanoat zonalaridagi elektr energiya, gaz, suv va yo‘l bilan bog‘liq muammolarni hal etish topshirildi. Biznes-ombudsman esa aybdorlarni ishdan olish va jarimaga tortish bo‘yicha taklif kiritadi.

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi
8 aprel 2021, 19:12

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi. Unda fazoviy ma’lumotlar, noshirlik faoliyati, psixiatriya yordamiga oid qonunlarni ko‘rib chiqish reja qilingan. Qolaversa, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamda Markaziy bankning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hayfsan berdi
8 aprel 2021, 18:29

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hayfsan berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hamda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosariga hayfsan berdi. Bundan tashqari, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator sektor rahbarlari ishdan oldi.

«3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman» — prezident
8 aprel 2021, 18:02

«3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda davlat rahbari sektor rahbarlari ishdan olinishi haqida gapirdi. «3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman», — dedi prezident.

Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi
8 aprel 2021, 15:20

Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

G‘ayrat Fazilov tashqi ishlar vazirining Yevropa davlatlari bilan hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi
8 aprel 2021, 14:33

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi

Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi
8 aprel 2021, 13:47

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi

Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.

«Ayrim tanqidlar ochiq qolayapti» — prezident matbuot kotibi
8 aprel 2021, 08:15

«Ayrim tanqidlar ochiq qolayapti» — prezident matbuot kotibi

Chorshanba kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan uchrashdi. «Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti», — dedi u. Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida «prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olingan».

Turizm va sport vazirligi tashkil etildi
6 aprel 2021, 20:10

Turizm va sport vazirligi tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi/

O‘zbekiston Eronning dengiz portlariga qiziqish bildirmoqda
5 aprel 2021, 23:58

O‘zbekiston Eronning dengiz portlariga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.

Norsuluv Soyipova Nurobod tumani prokurori etib tayinlandi
5 aprel 2021, 23:46

Norsuluv Soyipova Nurobod tumani prokurori etib tayinlandi

Adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinladi. U bilan O‘zbekistonda ayol prokurorlar soni ikki nafarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting