Siyosat

To‘rtta tumanga yangi hokimlar tayinlandi
7 avgust 2024, 14:28

To‘rtta tumanga yangi hokimlar tayinlandi

Mazkur 4 ta tumanga yangi hokimlar tayinlandi: Taxiatosh — Kamiljan Aytbayev, Mingbuloq — Axror Mansurov, Furqat — Elyorbek Asronkulov, Toshkent tumani — Sardorbek Ergashev.

G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2024, 10:01

G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi

Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim prezident yig‘ilishida faoliyatidagi tizimli kamchiliklar uchun ishdan olingandi.

Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
6 avgust 2024, 11:10

Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini muddatidan avval yakunlaganini e’lon qildi. “Bu faoliyatda davom etish o‘zim uchun ham, saylovchilar uchun ham manfaatli bo‘lmasligini tushunib yetdim”, — deb yozdi u. G‘aniyev ishini Vazirlar Mahkamasida davom ettiradi.

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi
5 avgust 2024, 15:50

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi

Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
5 avgust 2024, 14:31

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlat rahbari Qozog‘istonda bo‘lishi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

78-o‘rin: O‘zbekistonning Huquq ustuvorligi indeksidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi
3 avgust 2024, 16:49

78-o‘rin: O‘zbekistonning Huquq ustuvorligi indeksidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

World Justice Project xalqaro nodavlat tashkilotining 2023-yilgi Huquq ustuvorligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 142 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi (2022-yilda ham shunday natija bo‘lgan).

O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tuzilmoqda
3 avgust 2024, 11:57

O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tuzilmoqda

O‘zbekiston prezidenti huzurida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha davlat rahbari huzuridagi yuqori maslahat organi — Iqlim kengashi tuziladi.

Qashqadaryodagi 4 ta tuman hokimlari qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan — Raqobat qo‘mitasi
2 avgust 2024, 11:31

Qashqadaryodagi 4 ta tuman hokimlari qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan — Raqobat qo‘mitasi

Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Hujjatlar tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib kelishi mumkin deb topilgan.

Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi
1 avgust 2024, 10:36

Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va qaytayotib, Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. U bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi
31 iyul 2024, 11:53

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

Prezident 7−8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
31 iyul 2024, 09:54

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalqaro islom akademiyasi professori Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.

BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili tayinlandi
30 iyul 2024, 18:18

BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili tayinlandi

BMT Taraqqiyot dasturi tizimida 25 yildan ortiq tajribaga ega Akiko Fujii BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi. U avval Maldiv orollaridagi doimiy vakil hamda Vetnam va Fijidagi ko‘p davlat idorasida doimiy vakil o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Yusup Kabuljanov O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli etib tayinlandi
30 iyul 2024, 18:00

Yusup Kabuljanov O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli etib tayinlandi

Yaqinda O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli bo‘lgan Yusup Kabuljanov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U Primorsk o‘lkasi ombudsmani va IIV vakillari bilan uchrashdi, ular bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, fuqarolar huquqlarining buzilishi holatlarini muhokama qildi.

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
26 iyul 2024, 12:12

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi
26 iyul 2024, 10:34

O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024-yil 26-iyulidan boshlanishini e’lon qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?
24 iyul 2024, 12:04

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 67 yoshga to‘ldi. Davlat rahbari matbuot kotibining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, prezident bu kunni ish joyida, kechqurun esa oilasi davrasida o‘tkazadi.

Nodir Ganiyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi bo‘ldi
23 iyul 2024, 22:30

Nodir Ganiyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi bo‘ldi

Bungacha Shvetsiyadagi elchi lavozimida ishlab kelgan Nodir Ganiyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi bo‘ldi.

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda
23 iyul 2024, 22:01

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda shaharsozlik talablarini buzgani uchun jazolanganlar soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Shu sababli Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ushbu sohada qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
23 iyul 2024, 16:54

Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Manfred Hutererdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

“Yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlash — barchamizning burchimiz”. YHXX yangi rahbari jamoatchilikka murojaat qildi
21 iyul 2024, 20:59

“Yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlash — barchamizning burchimiz”. YHXX yangi rahbari jamoatchilikka murojaat qildi

Yaqinda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lgan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting