G‘uzor tuman prokurori Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Videoanjuman tarzida o‘tkaziladigan tadbirda koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun Tojikistonga epidemiyaga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan tibbiy va oziq-ovqat mahsulotidan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir sektor hududida kamida 100 tadan xonadonda 1−1,5 sotixli issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ogohlantirishdan keyin ham tomorqasiga ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi.
Tezkor va maxsus transport vositalarining to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit bergan haydovchiga jarima miqdori oshirilishiga Oliy Majlisning 82 nafar deputati qarshi chiqdi.
Botir Xo‘jayev pensiyaga chiqqanligi sababli bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9 ta terrorchilik harakatining oldi olingan. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 7 tasi hamdo‘stlik mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.
«Ro‘yxatdan o‘tkazish» tushunchasining kiritilishi, Toshkent shahrida propiskasiz ko‘chmas mulk sotib olish huquqi, propiska uchun nikohdan keyin bir yil birgalikda yashash sharti, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddatining 15 kunga oshirilishi — propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha qonun va Vazirlar mahkamasi qarorining loyihalarida.
Propiska tizimini isloh qilish doirasida pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga doimiy ro‘yxat bo‘yicha shtamp bosish amaliyotidan voz kechish, harbiy hisob uchun mudofaa bo‘limlariga borish tartibini bekor qilish kabi takliflar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.
Senatda O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik istiqbollarini va uning mamlakat milliy manfaatlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar, bolalar va majburiy mehnatga barham berilishi, sud tizimidagi islohotlar — BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlarga ijobiy baho berib, o‘z tavsiyalarini taqdim etdi.
O‘zbekiston va AQSH «Jekson-Venik» tuzatishini bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, JSTga a’zo bo‘lishda rivojlanayotgan iqtisodiyot maqomini olish ham rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyatining inklyuziv muzokara jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi. Avvalroq prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli Tolibon bilan o‘zaro kelishuv va mahbus almashuvi bo‘yicha muzokaralar qoldirilgan edi.
O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun insonparvarlik yordami yubordi.
Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D. Musinov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiyada xizmat safarida bo‘lgani uchun karantinga olingan. Uning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng ish faoliyatini davom ettiradi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.
Baxrom Ashrafxanov Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimidan ozod etildi. U O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lishi kutilmoqda.
Qayta tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir bor xalqqa murojaat qildi. «Koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak», — dedi u.
Nargis Islamova Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting