2020 yildan hokimiyatlarning ayrim vakolatlari boshqa organlarga o‘tkaziladi, ayrimlari butunlay bekor qilinadi.
Senat 25- yalpi majlisda Soliq to‘g‘risidagi, investitsiyalar to‘g‘risidagi, Milliy gvardiya to‘g‘risidagi, maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Prezident davlat organlarida eskirgan byurokratik ish uslublari, qog‘ozbozlik hamda amaliy foydasi yo‘q majlis va yig‘ilishlarni yo‘qotishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev, Abdulla Aripov, Zaynilobiddin Nizomiddinov, Abdusalom Azizov va boshqa rasmiy shaxslar — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdan «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Prezident fuqarolarni qo‘lga olish jarayonini majburiy videotasvirga olish hamda qo‘lga olinganlarning qarindoshlarini majburiy xabardor qilishni joriy etishni taklif qildi. 2020 yildan sudda prokuror qaroridan shikoyat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda OAV vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.
Jamoatchilik nazorati va xalq talabi ijro hokimiyati va deputatlarni o‘zgarishga majbur qiladi, ammo buning uchun jamiyatda huquqiy ong yuksalishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Dushanbe raisi Rustam Emomali shaharni boshqarish va infratuzilmalarni rivojlantirish sohasida tajriba almashish to‘g‘risidagi muloqotni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chatlar o‘tqazdi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kengaytirilgan tarkibda davom etgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muzokaralarida nutq so‘zladi.
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi. Davlat yetakchilarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi Qirg‘iz Respublikasi рrezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Qozog‘istonning birinchi prezidenti — elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.
Turkmaniston prezidentiga ilm-fanni rivojlantirish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademigi unvoni berildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki davlat munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga uning o‘zbek tilida nashr etilgani kitobini sovg‘a qildi.
Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 2019 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.
Bosh prokuratura Kun.uz va Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rtasidagi mojaro yuzasidan tergovga qadar tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Poytaxt hokimining intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting