O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev 24−27-aprel kunlari “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qozog‘istondagi YTH sabablarini o‘rganish hamda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun hukumat komissiyasi tuzildi.
Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi.
O‘zbekiston — Janubiy Koreya biznes-forumida umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod bo‘lgan muhim kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston va Koreya Respubilkasi prezidentlari alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, investitsiyalarni himoya qilish, fazoni tadqiq etish, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.
Axborot texnologiyalari, 5G mobil aloqa, kosmik texnologiyalar, tibbiyot va biosanoat kabi ilg‘or sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim, deb hisoblaydi Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In.
Koreya Respublikasi prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi, aeroportda uni bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan O‘zbekiston da bo‘ladi.
Samarqandda Markaziy Osiyoda birinchi Fransiya faxriy konsulxonasi ochildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq Zangiota tumanida joylashgan O‘zgarish qishlog‘i Sergeli tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Toshkentda Qosim-Jomart Tokayev tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha harbiy-texnik, migratsiya va iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘istonning savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm sohalaridagi hamkorligi hamda mintaqada xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
«O‘zbekenergo» raisi Ulug‘bek Mustafoyev «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi bo‘ldi. Dadajon Isaqulov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», Ruslan Mubarakshin esa «Issiqlik elektr stansiyalari» rahbari etib tayinlandi.
Toshkentda Finlyandiyaning faxriy konsulxonasi ochildi. Ochilish marosimida Finlyandiya TIVning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynyanen ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi, Qirg‘iziston, Turkiya, Indoneziya va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting