Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.
Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.
Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Shavkat Mirziyoyev Yunusobod misolida aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini tushuntirdi. Toshkent shahri markazi va uning chekkasidagi mahallalar rivoji hamda aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut katta ekanini ta’kidlab, hududga 600 mln dollar investitsiya jalb etish mumkinligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z tavsiyasiga ko‘ra Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov haqida gapirdi. “Toshkentga hokim qo‘yish oson emas… Bir yil oldin Shavkat Umurzoqovga ishonch bildirgandik. O‘ylaymanki, azim poytaxtimizning biri ikki bo‘lishiga harakat qiladi”, — dedi u.
Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng global vaziyat yanada jiddiylashdi.
2023-yilning martidan buyon Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlandi.
O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.
Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
“Avtomobilsiz kun”da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarining 2023-yildagi ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi. Statistika agentligi, OKMK, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi eng yaxshi natijalarni qayd etdi.
Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun Toshkentda prezident va ichki ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalar joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.
2023-yil yakuniga ko‘ra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, shuningdek, mahallalarni saqlash va NNTlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 24,5 foizga oshib, 17 trillion so‘mni tashkil etdi. 2024−2025-yillarda ham ularni saqlash xarajatlarini oshirish rejalashtirilgan.
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Baxtiyor Mamatkarimov esa vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Azizxo‘ja Qobilov ham Energetika vazirligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. Viloyatlarda daraxt ekish, ariq tozalash va ko‘chalarni yoritish ishlari chiqindi korxonalariga beriladi.
“Avtomobilsiz kun"da bir qator amaldorlar ishga jamoat transportida keldi. Transport vaziri — avtobusda, ekologiya vaziri — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri va MB raisi esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari uzoq vaqt davomida “zebra"dan o‘ta olmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting