Siyosat

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)
4 mart 2024, 11:09

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev va komissiya vakillari AQShda prezidentlik praymerizlarida ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan tanishish maqsadida Kaliforniya shtatida bo‘ldi. Tashrif davomida ular AQShda qo‘llaniladigan zamonaviy saylov texnologiyalarini ham o‘rganadilar.

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari jazoni manzil koloniyada o‘tamoqda
29 fevral 2024, 21:13

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari jazoni manzil koloniyada o‘tamoqda

2021-yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov 2023-yilning may oyidan buyon jazo muddatini manzil koloniyada o‘tamoqda, deya tasdiqladi Oliy sud.

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
29 fevral 2024, 16:39

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov faoliyatini yakunladi. U mazkur davlatlarda 2019−2024-yillar davomida faoliyat yuritdi.

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi
29 fevral 2024, 11:17

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
28 fevral 2024, 21:03

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak
28 fevral 2024, 17:46

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak

“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Hech kim tinchlikni Ukrainachalik xohlayotgani yo‘q. Ammo muammo bizda emas” — Ukrainaning Toshkentdagi elchisi
28 fevral 2024, 13:03

“Hech kim tinchlikni Ukrainachalik xohlayotgani yo‘q. Ammo muammo bizda emas” — Ukrainaning Toshkentdagi elchisi

Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko mamlakatning Rossiya bosqiniga ko‘rsatgan 2 yillik qarshiligini sarhisob qildi. U Rossiyada “sun’iy ravishda yaratilgan davlat” haqidagi ritorika faqat uning davlatiga qaratilmaganini ta’kidladi. “Rossiyaning agressiv rejalari Ukrainadan ancha uzoqqa cho‘ziladi”, dedi u.

Ukraina elchisi — xavfli va xavfsiz mehnat migratsiyasi, gumanitar loyihalar va O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni qayta tiklash haqida
28 fevral 2024, 12:08

Ukraina elchisi — xavfli va xavfsiz mehnat migratsiyasi, gumanitar loyihalar va O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni qayta tiklash haqida

Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekiston bilan 2024-yilgi hamkorlik haqida gapirdi. Mamlakatlar iqtisodiy “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish niyatida, Toshkentda Ukraina farmatsevtika kompaniyalari loyihalari davom etmoqda, Kiyevda esa ukrainalik rassomlarning O‘zbekiston haqidagi suratlari namoyish etiladi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilindi
28 fevral 2024, 09:37

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilindi

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yilni “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

YI O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
27 fevral 2024, 12:05

YI O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.

Prezident armiyani zamonaviy qurol va harbiy vositalar bilan ta’minlash zarurligini aytdi
26 fevral 2024, 23:55

Prezident armiyani zamonaviy qurol va harbiy vositalar bilan ta’minlash zarurligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziriga qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish, Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
26 fevral 2024, 23:23

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori bo‘ldi
26 fevral 2024, 20:50

Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan shu paytgacha energetika vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini 70 yoshi bilan tabrikladi
26 fevral 2024, 14:58

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini 70 yoshi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi.

Bandlik vazirligi bo‘limi boshlig‘i Ohangaron shahriga hokim bo‘ldi
26 fevral 2024, 12:38

Bandlik vazirligi bo‘limi boshlig‘i Ohangaron shahriga hokim bo‘ldi

Toshkent viloyati Ohangaron shahriga Muzaffar Rajabboyev hokim etib tayinlandi. U bungacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shaharning sobiq hokimi fevral boshida lavozimini tark etganini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirgandi.

Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi bo‘ldi
24 fevral 2024, 11:45

Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi bo‘ldi

Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumaniga hokim bo‘ldi. Yanvar oxirida prezident bosh vazirga 2023-yilda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani tufayli Qo‘shtepa sobiq hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirgandi.

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi
22 fevral 2024, 18:23

Prezident parlament vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi

Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.

Prezident 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi
22 fevral 2024, 10:54

Prezident 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

Mirziyoyev Putin bilan hamkorlik masalalarini gaplashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi
22 fevral 2024, 00:38

Mirziyoyev Putin bilan hamkorlik masalalarini gaplashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi
21 fevral 2024, 09:22

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Qolaversa, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ham reja qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting