Rasul Kusherbayev O‘zLiDeP partiyasidan “o‘z o‘rnini ko‘rmayotgani uchun” ketishga qaror qilganini aytdi. U buni uzoq vaqtdan beri rejalashtirganini bildirdi. Internetda taxmin qilinganidek, uning boshqa partiyaga a’zo bo‘lish rejasi hozircha yo‘q.
O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Toshkentda janubiy koreyalik hamkasbi Li Jong Sup bilan uchrashdi. The Korea Herald nashri uchrashuvdan mudofaa va qurol-yarog‘ sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingani haqida yozdi.
To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Aybek Kamalov Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani hokimi etib tayinlandi. U shu paytga qadar biznes-ombudsman devonining Qoraqalpog‘iston sho‘'basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Baxram Mansurov “O‘zatom” agentligi direktori, Ilxom Nimatullayev esa “O‘zneftgazinspeksiya” rahbari etib tayinlandi.
Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Alisher Shukurov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.
“Mamlakat xalqi gullab-yashnagan taqdirdagina rivojlanishi mumkin va pirovardida hammasi xalqqa berilgan imkoniyatlarga bog‘liq”. Missiyasini yakunlayotgan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska rukni.
Prezident 15 ta tuman (3 tasi poytaxtda) IIB boshliqlari va 5 ta tuman prokurorlarini lavozimidan ozod qildi. Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari va IIV rahbarining ikki o‘rinbosariga hayfsan berildi, raqamlashtirish uchun mas’ul o‘rinbosar Najmiddin To‘raxojayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.
O‘zbekiston prezidenti 27−28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, sanoatdagi ishlar hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Unga Umid Shadiyev rahbarlik qiladi.
O‘tgan yil oxiridan buyon madaniyat va turizm vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri etib tasdiqlandi. Endi u turizm sohasiga javobgar emas.
Dilmurod Ergashev Navoiy shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”da boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Avgust oyida Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirlarining onlayn yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukusning yangi hokimi bo‘ldi. U Utemurat Panayev o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.
Bahram Sultonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadagi urush zonalariga ishlash uchun bormaslik va harbiy harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi.
Britaniya elchisi Tim Torlou “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida islohotlar, siyosiy muammolar, so‘z erkinligining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘zladi. U yangi elchi nima uchun o‘zbek tilini o‘rganayotgani va O‘zbekistonning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasi nimadan darak berishiga ham to‘xtaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting