Siyosat

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
8 oktabr 2020, 19:15

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasidagi voqealar rivojiga to‘xtalib, ushbu mamlakatdagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishi zarurligini qayd etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid bildirdilar
7 oktabr 2020, 18:55

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid bildirdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘izistondagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashuviga umid qiladi — TIV
6 oktabr 2020, 22:41

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashuviga umid qiladi — TIV

Qirg‘izistonda yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O‘zbekistonda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston vaziyat tez orada barqarorlashuviga umid qilmoqda.

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva
5 oktabr 2020, 23:08

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat rahbari Tanzila Narbayeva Namanganga safari vaqtida tuman hokimlarini «yaxshi» reyting baholarini olgan hududlardan o‘rnak olishga, deputatlarni esa yanada talabchan bo‘lishga chaqirdi.

Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan hokimlar xalqdan uzr so‘rashdi
5 oktabr 2020, 15:57

Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan hokimlar xalqdan uzr so‘rashdi

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha «qoniqarsiz» baholangan hokimlar va tumanlar sektor rahbarlari aholidan kechirim so‘rab, vaziyatni to‘g‘irlashga va’da berishdi. Jami 33 ta tuman va shaharlar «qizil» hudud deb topildi. Kasbi, Tomdi, Konimex va boshqa tumanlarning rahbarlari birinchi bo‘lib uzr so‘rashdi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesga rais saylandi
2 oktabr 2020, 13:46

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesga rais saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

Prezident Nukusga jo‘nab ketdi
2 oktabr 2020, 08:51

Prezident Nukusga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga jo‘nab ketdi.

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident
1 oktabr 2020, 12:17

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident

O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi
1 oktabr 2020, 12:04

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda missiyasi ochganini e’lon qildi. Bunga qadar agentlik idorasi USAIDning Markaziy Ochiyodagi missiyasining bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘zbekiston fuqaroligini olishda o‘zbek tilini bilish shartligi belgilandi
30 sentabr 2020, 19:30

O‘zbekiston fuqaroligini olishda o‘zbek tilini bilish shartligi belgilandi

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘tish talab qilinadi. Imtihonlar markazlar tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Xonabod hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etdi
29 sentabr 2020, 19:41

Xonabod hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etdi

Andijon viloyatida Xonobod hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etdi. O‘limiga o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Avvalroq esa uning pnevmoniya bilan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Prezident 5000 dan ortiq eskirgan standartlarni bekor qilishni buyurdi
29 sentabr 2020, 19:01

Prezident 5000 dan ortiq eskirgan standartlarni bekor qilishni buyurdi

O‘zbekistonda 1995 yilgacha qabul qilingan va hozirda eskirgan 5000 dan ortiq standartlar bekor qilinadi. Prezident mahsulot xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentni Yevropa va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga mmoslashtirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.

Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi
29 sentabr 2020, 12:43

Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

Prezident byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ushbu qonun bilan hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlarini bekor qilindi.

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi
28 sentabr 2020, 17:58

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrif buyurdi
25 sentabr 2020, 19:40

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Sariag‘ashda Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
25 sentabr 2020, 14:11

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Avvalroq uning boshqa ishga o‘tishi kutilayotgani, o‘rniga esa Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tayinlanishi xabar qilingan edi.

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi
25 sentabr 2020, 12:50

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi rahbari Xayrulla Bozorovning Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi, Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda.

Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi
24 sentabr 2020, 23:26

Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi

Prezident o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi. Adliya vazirligida Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tashkil etildi.

«Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz» — prezident
24 sentabr 2020, 20:04

«Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz» — prezident

«Qoniqarsiz» hamda «o‘rta» deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi. «Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz», — deya ta’kidladi prezident.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi
23 sentabr 2020, 15:44

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov koronavirusga chalindi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova esa COVID-19 bilan kasallanib, davolangan va hozirda ishga chiqqan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting