12 oktabr kuni Ostonada Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Muzokaralar davomida «Hamdo‘stlik sport poytaxtlari» davlatlararo dasturi qabul qilindi. Keyingi yig‘ilish 2023 yil 14 aprelda Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Tatariston bilan amaliy sheriklikni kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma innovatsion loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Administratsiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov hamda rais o‘rinbosari Islombek Boqijonov lavozimidan ozod etildi.
10 oktabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi. Bu orqali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni 142 taga yetdi.
Ukraina shaharlariga raketa hujumlari kuchaygani ortidan O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarni Ukrainani tark etishga va bu mamlakatga safar qilishdan tiyilishga chaqirdi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev mamlakat parlamentiga O‘zbekiston bilan chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini tushuntirib berdi. Qirg‘izistonga 19 ming ga dan ziyod yer, O‘zbekistonga esa Kampir-Obod suv ombori suv hududi o‘tadi. Suv ombori birgalikda boshqariladi
Shavkat Mirziyoyev 12−14 oktabr kunlari Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha kengash yig‘ilishi, “Markaziy Osiyo — Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga boradi. Sammit doirasida Vetnam va Pokiston yetakchilari bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Davlat rahbari shu kunning o‘zida amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
O‘zbekiston prezidenti MDHning norasmiy sammitida qatnashish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Sinszyan avtonom hududidagi huquqbuzarliklarni muhokama qilishdan bosh tortdi. O‘zbekiston ham 19 davlat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.
Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibida «mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan».
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Payshanba kuni Afg‘onistonda OTMlarga kirish imtihonlari boshlanadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul kvotasi qariyb 70 foizga oshirilganini olqishladi va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun qizlarga teng miqdorda o‘rin berilishiga umid bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston hamda Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, mamlakatlar vazirlari va idoralari rahbarlari 15 ta hujjatga imzo chekishdi. Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi.
Senat 7 oktabrdagi yalpi majlisda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid va yangi tahrirdagi standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi. Qolaversa, Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha hukumatga yuborilgan so‘rov natijasi hamda Farg‘ona viloyati hokimining hisoboti muhokama qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev vengriyalik ishbilarmonlarni bugun investitsiyalar uchun eng yaxshi joy O‘zbekiston ekaniga shaxsan ishonch hosil qilishga taklif etdi. U O‘zbekiston vazirlik va tashkilotlariga vengriyalik hamkorlarga O‘zbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritishda har tomonlama ko‘maklashish topshirdi.
O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralarda Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar uchun yillik kvotani 170 tagacha oshirishga qaror qilgani aytildi. Oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi O‘zbekiston-Vengriya forumini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ham ta’kidlandi.
Vengriyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Budapeshtda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat rahbari Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting