Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasida ishlab kelgan Islomiddin Norimov Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Akramjon Abduxamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi. “Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga intilaman”, — deydi diplomat.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri 1-maydan kuchga kirdi. U 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat bo‘ladi.
Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi. Unda tadbirkorlarning pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlash, xodimlarni kasbiy xavf-xatardan himoya qilish hamda Tojikiston bilan havo hududi va aerodromlardan foydalanish bitimi to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
BMT Bosh assambleyasining Yevropa kengashi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya 122 ta ovoz bilan qabul qilindi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi tilga olingan. Qozog‘iston, Xitoy va Turkiya rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf qoldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda saylovchilarning 84,54 foizi ishtirok etdi, dedi MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni yoqlab saylovchilarning 90,21 foizi ovoz berdi, 9,35 foizi qarshi chiqdi.
Toshkent shahridagi 649-referendum uchastkasidan olingan videolarda urnaga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani e’tiborni tortdi. Markaziy saylov komissiyasi bu muddatidan oldin ovoz berishdan olingan byulletenlarni qo‘shishning standart tartibi ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 30-aprel kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz” ovoz berish jarayonida qatnashgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar suratlarini jamladi.
O‘zbekistonda 30-aprelda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. 8:00 da ochilgan referendum uchastkalari 20:00 ga qadar ovozlarni qabul qildi. “Gazeta.uz” ayrim uchastkalarda, xususan, prezident Shavkat Mirziyoyev ovoz bergan joyda byulletenlarni sanash jarayonini kuzatdi. Foto, video.
Oliy ta’lim vazirligi universitetlar ma’muriyatlari talabalarni referendumda ovoz berishga majburlayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik talabalarni huquqlari buzilgan taqdirda, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.
Markaziy saylov komissiyasi uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket bir nechta saylov byulletenining “Ha” katakchasiga belgi qo‘ygani aks etgan videoga munosabat bildirdi. MSKning ma’lum qilishicha, u o‘zboshimchalik bilan 16 ta byulletenni oila a’zolari nomidan to‘ldirgan. Tergovga prokuratura jalb qilingan.
Referendumda ovoz berganlar ulushi 17:00 holatiga 81,39 foizga yetdi, deya ma’lum qildi MSK vakili Bahrom Qo‘chqorov. U ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan qonun buzilishi holatlari borligini tan oldi, ayni vaqtda qonunbuzarliklar haqidagi xabarlar orasida haqiqatga zidlari ham borligini aytdi.
Eng yuqori faollik Sirdaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilmoqda — soat 15:00 holatiga qariyb 80 foiz fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Vladivostok, Tokio, Seul, Kvangjuda ovoz berish yakuniga yetdi. MSK internetda berilayotgan qonun buzilishi holatlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Shohrux Aminov jurnalistlar va kuzatuvchilarni ehtimoliy qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishga chaqirib, aynan qanday holatlar qonun buzilishi deb hisoblanishini eslatib o‘tdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi, deya ma’ulm qildi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Soat 13:00 holatiga 12 milliondan ortiq kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilarning 62,24 foizi ovoz berib bo‘lgan.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi referendum uchastkalarida bir qator qoida buzilishi holatlarini qayd etdi. Eng ko‘p kuzatilgan holat — oila a’zolari uchun ovoz berishdir. Shuningdek, jurnalistlar kuzatuvchilarning sust ekanligiga ham e’tibor qaratgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendumda ovoz berdi.
Toshkentdagi bir qator uchastkalarda ovoz berish jarayonining ilk soatidayoq “10−15 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi”. Ayrim referendum uchastkalari gavjum. Ovoz berishga farzandlari bilan kelayotganlar kam emas. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
O‘zbekistonda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum uchastkalari ochildi. Uchastka komissiyalari a’zolari kuzatuvchilar guvohligida ovoz berish qutilarini muhrlashdi. O‘zbekiston madhiyasi yangradi va ovoz berish jarayoni ochiq deb e’lon qilindi. Jarayonni bizning fotoreportajlarimizda tomosha qiling.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting