«O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori Baxtiyor Atamuradov mehmonxonada sodir etgan nomaqbul harakatlari sabab ishdan olindi. Seshanba kungi yig‘ilishda buni e’lon qilgan prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov shunday qo‘shimcha qildi: «sizning chet eldagi sarguzashtlaringizni ham yuborishdi».
Seshanba kungi videoselektor yig‘ilishida prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov beshta tuman hokimi ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. U o‘z nutqida hokimlar «butun davlat tizimi va prezident komandasini obro‘sizlantirishga olib kelganini» ta’kidladi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov prezident qarori bilan o‘zgalarni haqorat qilgani, hokimlarga qo‘yilgan talablarni bajarmagani va o‘z faoliyatini davlat siyosatiga mos ravishda tashkil etmagani uchun jarimaga tortildi.
Asaka va Farg‘ona tumanlari hokimlari yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani uchun lavozimidan ozod qilindi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, davlat rahbari dushanba kuni elektrotexnika sanoatida vazifalar yuzasidan mas’ullarning hisobotini tinglaydi. Hafta davomida Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Daniya hukumati O‘zbekistonda faxriy konsullik ochishga qaror qildi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining muzokaralarida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT minbarida nutq so‘zladi. Vazir nutqi davomida iqlim o‘zgarishi, ta’lim, yashil iqtisodiyot, konstitutsiyaviy tuzatishlar va Taraqqiyot strategiyasi borasida gapirdi. O‘zbekiston Afg‘onistonga xalqaro e’tiborning pasayishidan xavotirda ekanligini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.
Prezident dam olish kunlari Bo‘stonliq yo‘lida tirbandliklar bo‘lishini tanqid qildi. «Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi-ku», — dedi u. Viloyatda favqulodda holat e’lon qilinadi, Parkent, Angren va Ohangaronda turizm klasterlari tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Nurafshonda xalq vakillari bilan suhbatda Qirg‘iziston bilan chegara borasidagi kelishuvlarga to‘xtalib o‘tdi va ilgari chegara hududlarda minalar bo‘lganini aytdi. «Odamlar qarindoshlarining na to‘yiga bora olardi, na azasiga. Shaxsan o‘zim nazorat qilib minalarni oldirdim», — dedi prezident
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vatandoshlarga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxslar boshqa davlat fuqarosi sifatida e’tirof etilmasligini eslatdi. Ularning xorijiy davlatlar hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Ular Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi va ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini olqishladi.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Nyu-Yorkda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi. Guterrish O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari va iqlim kabi sohalarda ishonchli hamkor ekanini qayd etdi.
Emomali Rahmon telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyevga tojik-qirg‘iz chegarasidagi voqealar rivoji haqida ma’lumot berdi.
AQSh hukumati O‘zbekiston va Tojikistonga «chegara xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash sohasida munosabatlarni chuqurlashtirish» bo‘yicha norasmiy kelishuv evaziga afg‘on samolyotlarining bir qismini berishi mumkin, deb yozadi Politico nashri.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 19−24 sentabr kunlari AQShga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida so‘zlagan nutqida Samarqand birdamlik tashabbusini e’lon qildi. “Undan maqsad — umumiy kelajagimizga befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramay kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor bo‘lgan barchani global muloqotga jalb qilishdir” — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.
Noaniqliklar sharoitida inson taraqqiyoti bo‘yicha yutuqlarga erishish qiyin vazifaga aylanishi mumkin. Tengsizliklarni bartaraf etish va odamlarning erkinliklarini kengaytirish orqali kelajakda ular farovon yashaydigan kelajakni qurish mumkin. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska intervyusi.
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasida gapirdi. Xususan, Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni Termizda — u yerdagi transport-logistika xabidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting