Shavkat Mirziyoyev IHT sammitidagi nutqida Falastin-Isroil urushining mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olayotganini aytdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, dedi prezident.
Toshkentda AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu ishtirokida strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Diplomat Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Pokiston bosh vaziri, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi elchisi bo‘ldi. Elchixonalarning qarorgohi Vashingtonda joylashgan.
Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Kamilov do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlandi. Ordenga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham loyiq ko‘rildi.
Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar Istanbuldagi bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.
Global ta’minot zanjirlarining beqarorlashuvi va jahon bozoridagi volatillik sharoitida IHT davlatlari hamkorlikni mustahkamlashga intilyapti. Bunga savdo, iqtisodiy va transport aloqalarining mintaqaviylashuvi yordam bermoqda, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” bilan intervyusida.
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Axmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov va Shovot tumaniga Oybek Xolboyev hokim etib tayinlandi.
O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq ulgurji iste’molchi va 648 mingta xonadon elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT)ga ulanmagan. Prezident kamchiliklarni bartaraf etish va elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Italiya prezidenti Serjio Mattarella 9−11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Rim uchun Toshkent bilan hamkorlik O‘zbekistonning Yevropa va Uzoq Sharq, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik mavqeyi sabab alohida ahamiyatlidir, deya qayd etadi Agenzia Nova agentligi.
AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotida ishtirok etadi. U Qozog‘iston va Hindistonga ham boradi.
Toshkentda 8−9-noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkaziladi. Unda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa davlatlarning mamlakat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida so‘zlagan nutqida Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, ishtirokchi davlatlarning temir yo‘l idoralari kengashi va Turkiy ekologiya forumini tuzishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolarini afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishni susaytirmaslikka, u yerdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi. “Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikida faol ishtirok etadigan Afg‘oniston kerak”, — dedi prezident.
Ostonada o‘tgan sammitda O‘zbekiston prezidentiga “turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlar manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan hissasi uchun” “Turkiy dunyoning oliy ordeni” topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlar va o‘t ochishni to‘xtatishga hamda sulh tuzishga chaqiramiz”, — dedi u. Prezident “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llash tarafdori ekanini bildirdi.
Komiljon Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron O‘zbekistonning antik davr, o‘rta asrlar va temuriylar davrini o‘z ichiga olgan madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Fransiya qirolining Amir Temurga yo‘llagan maktubi ham eksponat sifatida taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari daraxt ekdi.
Fransiya O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasiga ishonch bildiradi va bu mamlakatga sarmoya kiritishini juda aniq bayon etadi, dedi Emmanuel Makron. “Bu ikki tomonlama siyosiy kafolatdir… Fransiya siz tomoningizda. Biz barcha tarmoqlar va moliyaviy resurslarimizni safarbar qilamiz”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting