“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.
Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.
Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.
O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.
MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni MDH Faxriy nishoni bilan taqdirladi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.
Bishkekdagi MDH majlisida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev hamdo‘stlik mamlakatlarida cheklovlarsiz erkin savdo hududini shakllantirish uchun shartnoma qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda ham taklif bildirdi.
Zo‘ravon ota-onadan farzandini olib qo‘yish, bolaga himoya orderi berish va individual himoya rejasini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida zo‘rlik qilish va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik — O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash uchun qanday choralar ko‘rish taklif etilyapti? “Gazeta.uz” sharhi.
Nurmat Otabekov SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Xizmat qo‘mitaga aylangani munosabati bilan Botirjon Qurbonov va Qobiljon Hayitov qo‘mita raisi o‘rinbosarlari lavozimiga qayta tayinladi.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov 2017-yilgacha Markaziy Osiyoda birlashish haqida gapirishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlab, mintaqada musodara va cheklovsiz to‘liq erkin savdo zonasini shakllantirishga chaqirdi.
O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019-yil oktabridan beri ishlab kelmoqda.
Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.
Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.
O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.
Prezident O‘zbekistonga sayyohlarni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu borada yaqin xorij va Xitoy katta salohiyatga egaligini ta’kidladi. Madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, filmlar suratga olish, turizm obyektlarida tozalik, xushmuomalalikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat hududi va G‘azo sektorida majburan ushlab turilganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi. Shuningdek, Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan aloqaga chiqish so‘raldi.
Qoraqalpog‘istondagi Sudoche ko‘llar tizimi “Ramsar” konvensiyasining xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha Dengizko‘l (2001), Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (2008) hamda To‘dako‘l va Quymazor suv omborlari (2020) mazkur ro‘yxatdan joy olgan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov va Braziliyaning AQShdagi elchisi Mariya Viotti uchrashuvida Braziliya hukumati Toshkentda elchixona ochish masalasini o‘rganib chiqayotgani ma’lum qilindi.
Alisher Amirov Surxondaryo viloyati hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. Bunga qadar u Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting