“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.
O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilishi mumkin.
“Yettilik”ga aylangan “mahalla beshligi” tizimi “eshituvchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlarning bizga bergan ishonchini oqlaymiz desak, bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik”.
Namanganda jurnalistlar shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan bog‘liq vaziyatni yoritish bo‘yicha rasmiylar bilan tortishdi. O‘zini SSV rahbari yordamchisi sifatida tanishtirgan shaxs vazirga intervyu berish taqiqlanganini aytdi. “Bolalar kasallanayotgan paytda sukut saqlab bo‘lmaydi”, deb javob berdi jurnalistlar.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti, senator Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan mamlakat prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Chust tumanida 70 dan ortiq bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.
BMTning Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi (YUNOPS) O‘zbekiston bilan bitim imzoladi. Hamkorlik sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, epidemiyaga tayyorgarlik darajasini oshirish va mamlakat ta’lim infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki guruhi prezidenti uchrashuvida bankning Maslahat kengashi ko‘magida investitsiyalar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlashini ta’kidladi. “Ishonchim komilki, Ozarbayjon yaqinda Qorabog‘ni dunyoning eng jannatmakon hududlaridan biriga aylantiradi”, — dedi u.
BMT va uning institutlari “O‘zbekiston-2030” islohotlar strategiyasini amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyor, dedi tashkilot rahbari Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda.
Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarining “C5+1” formatidagi 1-sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy iqtisodiy aloqalar va energiya xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi. AQSh “C5+1” doirasida yangi platformalar yaratishni taklif qildi. Tafsilotlar.
Nyu-York shahrida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi.
Xalqaro xavfsizlik Afg‘onistondagi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq. Uni o‘z muammolari bilan yana yolg‘iz qoldirish katta xato bo‘ladi, dedi Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida. U insonparvarlik yordamini davom ettirish, Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi minbarida so‘zlarkan, Markaziy Osiyo mintaqasida “mintaqaviy o‘ziga xoslikni anglash” tuyg‘usi kuchayib borayotganini ta’kidladi. “Bizning tarix va kelajagimiz ham, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiydir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q!”
O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida “ishonch inqirozi” va “xalqaro huquq me’yorlaridan chekinish” tufayli dunyoda keskinlik ortib borayotganini ta’kidladi. U mamlakatlarni “umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda” jipslashishga chaqirdi.
Prezident Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarining “S5+1” formatidagi birinchi sammitida ishtirok etdi. Unda “butun mintaqa taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega” hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, transport yo‘laklarini rivojlantirish va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.
Qonunchilik palatasi majlisida qatnashmayotgan uch nafar deputat nomidan ovoz berildi. Jumladan, kun tartibini tasdiqlashda ovozlar inobatga olindi. Spiker deputatlarning yo‘qligini payqagach, ularning ovozlarini hisobga olish to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting