O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat.
O‘zbekistonda deputatlar saylovida ishtirok etganlar 47,62 foizni tashkil etdi. Saylov bo‘lib o‘tgan deb topildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva deputatlar saylovida ovoz berdi. U “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ovoz berishning ahamiyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibi nimalar bilan e’tiborga sazovor bo‘lgani va yangi tarkibdan nimalarni kutish mumkinligi haqida so‘zladi.
Birinchilar qatorida ovoz bergan Erkin Turdimov, nomzodlar bilan tanishgan Shuhrat Abdurahmonov va oilasi bilan saylovda qatnashgan Murotjon Azimov — “Gazeta.uz” hududlar rahbarlarining saylov uchastkasida olingan suratlarini to‘pladi.
MSK soat 11:00 holatiga ko‘ra, 5 mln 900 ming 243 nafar saylovchi ovoz berganini ma’lum qildi. Bu umumiy saylovchilarning 29,58 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekistonda bu galgi saylovlar “Mening tanlovim — obod Vatanim!” shiori ostida o‘tmoqda. Jami 19 mln 945 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar uchun 875 nafar nomzod kurash olib bormoqda. Boshqa raqamlar va faktlar.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida deputatlar saylovida oila a’zolari bilan ovoz berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida qatnashayotgan nomzodlarning 99,3 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Nomzodlar orasida iqtisodchilar va pedagoglar foizi eng yuqori.
Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Ismatulla Irgashevga ko‘ra, Afg‘oniston ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqli. Ammo bu borada bir qancha masalalar mavjud. “Biz yaqin qo‘shnimiz bo‘lmish afg‘on xalqi bilan bularning yechimini albatta, topamiz” — dedi u. Yaqinda Toshkentda Qo‘shtepa kanalini qurish bo‘yicha ishchi guruhi majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
O‘zbekiston BRIKSning hamkori bo‘lishi kutilmoqda. Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyevga ko‘ra, mamlakat kelajakda BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qilib, unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi.
Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
O‘zbekiston prezidenti IIO xodimlariga yo‘llagan tabrigida IIV tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlar davom ettirilishini ta’kidladi. “Ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart”, — dedi u.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U mart oyidan beri Vengriyada elchi bo‘lib xizmat qilmoqda, shu haftadan boshlab esa Xorvatiyada ham elchilik vazifasiga kirishgan.
Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi.
Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.
O‘zbekiston prezidenti Qozonda o‘tkazilgan “BRIKS plyus” sammitida jahondagi boshqaruv institutlarini isloh qilishga, “Janub-Janub” va “Shimol-Janub” formatlaridagi muloqotni kengaytirishga chaqirdi. Shuningdek, G‘azo va Livandagi gumanitar fojiani hamda Afg‘onistondagi vaziyatni tilga oldi.
2022-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tgan O‘zagroinspeksiya Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga qaytarildi. Unga import qilinadigan ekinlar urug‘ini GMO mavjudligi bo‘yicha tekshirish, tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya, yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holatini nazorat qilish ham yuklatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting