Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jamol Nosirov shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
XDP Samarqand viloyat kengashiga O‘zLiDeP deputati rais etib saylanganligi, partiya xodimlari buni sharmandalik deb baholashayotgani aytilmoqda. XDP bergan bayonotga ko‘ra, deputat partiyaning viloyat kengashi rahbari etib saylanishidan oldinroq fevral oyida XDP a’zoligiga qabul qilingan. U O‘zLiDeP a’zoligidan chiqqarilganligi ham ta’kidlanmoqda.
Transport vazirining logistika va turizmni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib Timur Allayarov tayinlandi.
Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdujabbor Rahmonzoda O‘zbekistondagi Tojikiston elchisi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiya bilan 2025 yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi imzolanishidan xavotirlanish «mutlaqo asossiz» ekanini ma’lum qildi. Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik «ishonch, tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida quriladi».
Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bo‘ldi.
Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.
Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Qibray tumanidagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3−4 yil ichida poytaxtda ulkan qurilish ishlari olib borildi va endilikda buni to‘xtatib, shahar tashqarisiga chiqarish kerak.
Prezident viloyatlar hokimlariga haftada bir marta bank va soliq organlari rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashib, ular faoliyatiga baho berishni topshirdi. Shavkat Mirziyoyev bank va soliq idoralarini iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq dedi. U «xalqimizga o‘zimiz xizmat ko‘rsatishni o‘rganishimiz» uchun banklarning chet ellik investorlar tomonidan xususiylashtirilishiga ruxsat bermayotganini ta’kidladi.
YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘zining prezident saylovlariga taalluqli dastlabki missiyasini yaqin haftalar ichida yuborishi kutilmoqda. Mazkur tashrifdan maqsad — saylovoldi vaziyat va unga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti asosida saylovda qatnashadigan ekspertlar, uzoq va qisqa muddatlari kuzatuvchilar soni aniq bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektori o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Tokio Olimpiadasiga sportchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Jamshid Babajanov Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Toshkentdagi “G‘alaba qo‘shiqlari” deb nomlangan konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganini haqorat va provokatsiya deb atadi. U Bosh prokuraturani vaziyatni baholashga chaqirdi.
Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish me’yorlari tasdiqlandi. Endilikda, vazirlar uchun xizmat mashinasining eng yuqori narxi 490 mln, hokimlar uchun esa 245 mln so‘m etib belgilandi.
Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Prezident videoselektorda «O‘zsanoatqurilishbank» xodimlaridan biri katta miqdordagi talon-tarojda ayblanib, hibsga olinganini ma’lum qildi. Har bir bank rahbariga «nimada ayblanayotganini ko‘rish, farzandalrini ko‘z oldigi keltirishi uchun» sud jarayonida ishtirok etish taklif qilindi. «Men Mamarizo Nurmuratovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting