Qashqadaryo prokurori Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ushbu lavozimda 2017−2018 yillarda ham ishlagan.
Prezident qarori bilan Shavkat Rahmonov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mirzohid Qodirov Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropi voqealari ortidan ishdan olingan Sardor Kariyev o‘rnini egalladi.
Qohiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va Misr rahbarlari Isroil-Falastin muammosi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Efiopiyaning to‘g‘on qurish rejalariga to‘xtaldi. Prezidentlar ushbu masalalar bo‘yicha mamlakatlar pozitsiyalari bir-biriga mos kelishini ta’kidladilar.
Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida Shavkat Mirziyoyev va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi muzokara o‘tkazdi. Ikki mamlakat gaz-kimyo, to‘qimachilik, elektrotexnika, zargarlik va farmatsevtika tarmoqlarida hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi. Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi.
Prezident qarori bilan Umid Madaminov va Ahadbek Haydarov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Shuningdek, Bahrom Sharipov Ipakchilik qo‘mitasiga, Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini agentligiga, Husniddin Karimov Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga rahbar bo‘ldi.
O‘zbekiston Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Prezident O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlarini, shuningdek, vazirlik huzuridagi idoralar rahbarlarini tayinladi.
Prezident Ilhom Norqulov, Erkin Rustamov, Adiz Boboyev, Anvar Karimov, Dilshod Sultanov va Gulnora Raximovani O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi. Omonullo Nasritdinxodjayev, Odilbek Isoqov va yana bir qancha rahbarlar moliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlarini tark etishdi.
Shavkat Mirziyoyev 20−21 fevral kunlari Misr Arab Respublikasida bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Baxtiyor Saidov Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan, etnik o‘zbeklar istiqomat qiladigan Ovakent qishlog‘iga tashrif buyurdi. U Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan ham uchrashdi.
Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.
AQSh prezidenti O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida AQSh uchun O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika sohalarida aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanishini ta’kidladi.
Poytaxt hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod hokimlariga hayfsan berdi. Bunga Shavkatbek Irgashev, Farxod Abdullayev va Boxadir Abduvaliyevlarning qishga tayyorgarlik va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagani, aholi bilan muloqot qilmagani sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni rivojlantirish va «har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash» masalalarini muhokama qildilar.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahkumlarni topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklari vayron qilinganiga munosabat bildirdi. Afg‘oniston tomoni bilan bog‘langan vazirlik bu vandalizm «noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati» ekanini bildirib, yodgorliklarni tiklash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.
Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hozirda Qozog‘istonda 486 nafar o‘zbekistonlik qamoqda saqlanayotgani aytildi. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik mahkum bor.
Zafar Abdrimov Hazorasp tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Shuningdek, avval Urganch tumani prokurori bo‘lgan Ruslan Jumaniyazov Yangibozor tumaniga hokim bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting