Siyosat

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi
16 fevral 2023, 12:55

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hozirda Qozog‘istonda 486 nafar o‘zbekistonlik qamoqda saqlanayotgani aytildi. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik mahkum bor.

Xorazmning ikki tumaniga hokimlar tayinlandi
16 fevral 2023, 10:25

Xorazmning ikki tumaniga hokimlar tayinlandi

Zafar Abdrimov Hazorasp tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Shuningdek, avval Urganch tumani prokurori bo‘lgan Ruslan Jumaniyazov Yangibozor tumaniga hokim bo‘ldi.

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
15 fevral 2023, 13:05

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi
14 fevral 2023, 18:13

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi
14 fevral 2023, 17:36

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri
14 fevral 2023, 11:21

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi
14 fevral 2023, 10:25

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020-yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
14 fevral 2023, 09:26

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston hukumati departamentini boshqargan Akmal Jumanazarov energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

Toshkent mahallalariga obodonlashtirish uchun 1 mlrd so‘mdan ajratiladi
10 fevral 2023, 22:12

Toshkent mahallalariga obodonlashtirish uchun 1 mlrd so‘mdan ajratiladi

Prezident Toshkentdagi 584 ta mahallaning har biriga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratishni tasdiqladi. Mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish va qattiq sovuqdan zarar ko‘rgan muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi
10 fevral 2023, 09:50

Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropining nojo‘ya ta’siri sababli bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga bordi
9 fevral 2023, 12:59

Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Elchi bilan suhbatda u turk xalqiga hamdardlik bildirdi va mamlakat barcha zarur yordamga tayyorligini ma’lum qildi.

Foto: Turkiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining yangi partiyasi yetib bordi
9 fevral 2023, 11:50

Foto: Turkiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining yangi partiyasi yetib bordi

O‘zbekistondan Turkiyaning Gaziantep shahriga uchinchi samolyotda gumanitar yordam, qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari hamda kinologlar (xizmat itlari bilan) yetib bordi.

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin
8 fevral 2023, 16:53

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik» mis konini o‘zlashtirib, 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish rejasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, Navoiydagi Pistali konida 4 mln tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasi qurilishini yakunlash reja qilinyapti.

Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi
8 fevral 2023, 14:12

Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi

Prezident farmoyishi bilan general-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

BMT Termizdan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
8 fevral 2023, 12:01

BMT Termizdan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi va Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi Termiz shahridagi transport-logistika xabi orqali Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Sovuqda himoyaga muhtoj afg‘on xalqi uchun 12 ta yuk mashinasida 48 mingdan ortiq ko‘rpa jo‘natildi.

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta «Tez yordam» mashinasi topshirdi
8 fevral 2023, 11:27

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta «Tez yordam» mashinasi topshirdi

O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi sovg‘a qildi. O‘z navbatida, Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasi yetib keldi va uni ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlash rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda har oyda kamida bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda
8 fevral 2023, 10:30

O‘zbekistonda har oyda kamida bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida har oyda kamida bir marta barcha viloyat va hududlarda hukumat a’zolari ishtirokida «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish taklif qilinmoqda. Bunda hududlarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarning hukumat vakillariga yetib borishini ta’minlash maqsad qilingan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya bo‘yicha muzokaralarni boshladi
7 fevral 2023, 14:12

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya bo‘yicha muzokaralarni boshladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani delimitatsiya qilish jarayonini yakunlab, tezda uning demarkatsiyasiga kirishdi. Bu boradagi ikki davlat ishchi guruhlarining birinchi yig‘ilishi allaqachon bo‘lib o‘tgan, keyingisi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisini mukofotladi
6 fevral 2023, 23:10

O‘zbekiston prezidenti mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi Szyan Yanni qabul qildi. Prezident diplomatga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Gaz va elektr energiya sohasida o‘g‘irlik juda katta — O‘zbekiston prezidenti
6 fevral 2023, 21:23

Gaz va elektr energiya sohasida o‘g‘irlik juda katta — O‘zbekiston prezidenti

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda gaz va elektr sohasida o‘g‘irlik darajasi juda yuqori ekani aytildi. Shavkat Mirziyoyev energetika nazorati bo‘yicha ikki yil «favqulodda tartibda» ishlash vazifasini qo‘ydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting