Aprel oxiriga qadar Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjatda patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash ko‘zda tutiladi.
Moliya vazirligi mehnatga haq to‘lashning yagoni tizimini joriy etish bo‘yicha prezident qarori loyihasini ishlab chiqadi. Davlat organlari sonini administrativ islohotlar doirasida qisqartirish, qolaversa, hokimliklar tarkibi va boshqaruv kadrlari sonini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tan jarohati yetkazganlik, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun jazoni kuchaytirish, shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlikni joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.
Prezident qarori bilan davlat organlarida 5288 ta shtat qisqartiriladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.
Prezident qarori bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatildi. Agentlikning barcha vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga tashrif buyuradi.
2020 yilda sog‘liqni saqlash tizimida 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan. Prezident onkologiya markazining Toshkent filialida 828 mln so‘m , Toshkent pediatriya instituti klinikasida esa — 423 mln so‘m talon-toroj qilinganini ta’kidladi. Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosariga sohasida «qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi»ni ta’minlash javobgarligi yuklatildi.
Prezident sog‘liqni saqlash tizimida patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yishga oid videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari rahbarlarni ushbu jarayonni nazorat qilishi uchun viloyatlarga mas’ul etib belgiladi. 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasi respublikaning barcha hududlarida boshlanishi kerakligi aytildi.
Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botiraliyev Anvarjon Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarbayjonga qaytarilganligini «tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alaba» deya ta’rifladi. O‘zbekiston hududdagi ko‘hna obidalar va madaniyat maskanlarini tiklash ishlariga ko‘mak berishga tayyor
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning norasmiy sammitida qatnashib, bir qancha takliflarni ilgari surdi. Kengashning yaqin va o‘rta istiqboldagi iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish shular jumlasidan.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Toshkent shahar rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishlash tartibi va shaxsiy sifatlari haqida so‘zlab berdi. «U chapani odam va tadbirkorlarga xos fikrlaydi», dedi u.
BMTning O‘zbekistondagi jamoasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarini o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan xavotirli voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqiradi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bir jinsli munosabatlarga qarshi yoshlarning Toshkent markazida ruxsatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazgani hamda LGBT targ‘ibotini qoralab o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.
Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Abdusamat Muminov transport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.
Prezident qarori bilan Shaxrux Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting