Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.
O‘zbekiston tarixda birinchi marotaba uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritadi.
Antimonopoliya qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilishda populizm haqida aytilgan gaplar noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi. AOKA rahbari Asadjon Xodjayev yig‘ilishda «rahbarlarning ommaviy bayonotlar bilan chiqishga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi» aytib o‘tilganini ta’kidladi.
Prezident Sirdaryoda fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo‘shimcha qiymat yaratish muhimligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi «Yangi Toshkent» mahallasini borib ko‘rdi. Bu yerda 130 ta kottej ta’mirlandi.
Qobil Xamdamov Olmaliq shahriga hokim etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Usmon Rahimov o‘g‘lining mojaroli xatti-harakatlari ortidan ishdan olindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan zarar ko‘rgan hududlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» mahallasida bo‘lib, «Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz», — dedi.
«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasiga «Sovg‘a siyosati» deb nomlangan alohida bob kiritiladi. Qolaversa, Davlat xizmatchilarining odob-ahloq kodeksi ham ishlab chiqiladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.
«Intellektual mulk masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarmas ekanmiz, O‘zbekiston bundan o‘n yildan keyin ham raqobatdosh bo‘lmaydi», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezident pulli ko‘ngilochar saytlardagi kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar mualliflariga daromad to‘lash masalasini o‘rganishni topshirdi.
Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga xizmat mashinalari topshirildi. Prezident topshirig‘iga binoan barcha viloyatlarda hokim maslahatchilariga xizmat mashinalari ajratilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.
Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Avazjon Karimov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.
Deputatlar «Favqulodda holat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi. Shunga o‘xshash loyiha 2016 yilda ham ishlab chiqilgan, ammo qabul qilinmagan edi. Mamlakatda koronavirusga qarshi cheklov choralari qo‘llanilishi bilan favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun zarurligi dolzarb bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston AQSHda joylashgan Sandvine kompaniyasidan vebsaytlarni va ijtimoiy tarmoqlarni bloklaydigan texnologiyalarni xarid qilgan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Misr, O‘zbekiston, Rossiya va Afg‘oniston kabi davlatlar ushbu kompaniyadan foydalanuvchilarning vebsayt-brauzerlari tarixi bo‘yicha ma’lumot yig‘adigan texnologiyalarni ham sotib olishgan.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari qo‘shma bayonotida Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqirib, barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirdilar.
Prezident va maxsus maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor etib tayinlandi. TATUning sobiq rektori To‘lqin Teshaboyev esa Toshkent moliya instituti rektori lavozimini egalladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. Namangan viloyati prokuraturasini esa endilikda Jahongir Hotamov boshqaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting