Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari Abdurasul Vaxabov, 2019 yil sentyabr oyining oxirida jurnalistlar bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi, biroq u ushbu lavozimga v.b. sifatida qayta tiklandi. Hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu lavozimga nomzodlar yo‘qligi va uylarni buzish masalasi bo‘yicha aholidan tushayotgan ko‘plab murojaatlar sababli Vaxobov vaqtincha ish joyiga qaytarildi.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori Adxam Bekmurodov prezident maslahatchisi o‘rinbosari — prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
TTAning sobiq rektori prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi
Prezident O‘zgidromet tizimi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda soha xodimlari oyligi oshirilib, ustama to‘lash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Avvalroq O‘zgidromet tizimga e’tibor yo‘qligidan shikoyat qilgan edi.
Prezident qarori asosida sog‘liqni saqlash vaziri etib Abduhakim Xadjibayev va uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Amrillo Inoyatov tayinlandi.
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektor etib tayinlandi.
Yuridik universitet Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani bo‘lib ishlayotgan Umida Tuxtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, agentlik ichki xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Tal’atjon Xaydarov ham direktor o‘rinbosari bo‘ldi.
Abduxakim Xojiboyev Alisher Shodmonov o‘rniga cog‘liqni saqlash vaziri bo‘lishi kutilmoqda. Deputatlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar nomzodini ma’qulladilar.
O‘zbekistonda avtomobillarni mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini tugashidan oldin uzaytirish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, vaqtinchalik muddat tugagach, haydovchi murojaati bilan avtoturargohda saqlash vaqti uchun maxsus yig‘im undirilmasligi belgilanmoqda.
Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Filialga qabul 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bo‘lishi shartligi belgilandi. Veb-saytlarda iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma’lumotlar, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi va strategik maqsadlarga erishish ko‘rsatkichlari joylashtirilishi lozim.
Turkiyada sodir bo‘lgan 6,6 ballik zilziladan so‘ng 97 marta aftershok qayd etildi, ulardan 20 tasining magnitudasi 4 dan oshdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Prezident Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Koreya Respublikasi O‘zbekistonga raqamli va «yashil» texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri ekani ta’kidlandi.
O‘zbekistonning Latviya va Finlyandiyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Estoniyadagi birinchi elchi sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi.
Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.
299 kishidan iborat O‘zbekiston fuqarolarining ikkinchi guruhi charter reyslari orqali Abxaziyadan qaytarildi. Abxaziyada qolgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar davom etmoqda.
Prezidentning yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid qarori bilan qurilish sohasida ishchilarni shartnoma tuzmasdan yollashga ruxsat etilmoqda. Bundan tashqari, rieltorlarning aylanma soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha tushiriladi. Ovqatlanish shoxobchalarining plastik kartadan tushgan daromadi esa umumiy daromadga kiritilmaydi.
Prezident farmoni bilan «O‘zavtosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari», Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va boshqalarning imtiyoz va preferensiyalari xatlovdan o‘tkaziladi va bekor qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.
Xitoyning Guanchjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting