Siyosat

Mirziyoyev Putin bilan hamkorlik masalalarini gaplashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi
22 fevral 2024, 00:38

Mirziyoyev Putin bilan hamkorlik masalalarini gaplashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi
21 fevral 2024, 09:22

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Qolaversa, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ham reja qilingan.

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi
21 fevral 2024, 01:21

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi

Mahmud Istamov o‘rniga Qo‘qon shahrining sobiq prokurori Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Bir necha kun avval viloyatning Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.

Muhim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin jamoatchilikka e’lon qilinadi
20 fevral 2024, 16:36

Muhim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin jamoatchilikka e’lon qilinadi

“Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bunda jamoatchilikning taklif va tavsiyalari hisobga olinadi.

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi
20 fevral 2024, 11:40

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi

O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.

Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 fevral 2024, 10:51

Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga Sherali Jo‘rayev, Navoiy viloyati hokimiga esa Elbek G‘afforov o‘rinbosar etib tayinlandi.

“Bolangga divan-krovat olib ber, polda uxlamasin” — Samarqand viloyati hokimi (video)
19 fevral 2024, 21:47

“Bolangga divan-krovat olib ber, polda uxlamasin” — Samarqand viloyati hokimi (video)

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig‘ilishda ko‘pchilik “hamma yaxshi narsalar mehmonga” tamoyili bo‘yicha yashab, “yerda uxlab yotgan” farzandlarini unutib qo‘yishini aytdi. Ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirib, bola tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim, dedi u.

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi
19 fevral 2024, 20:06

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.

Yangi EIZ, mebelsozlik kompleksi, o‘quv markazlarini subsidiyalash. Prezidentning Xonoboddagi yig‘ilishi yakunlari
18 fevral 2024, 14:05

Yangi EIZ, mebelsozlik kompleksi, o‘quv markazlarini subsidiyalash. Prezidentning Xonoboddagi yig‘ilishi yakunlari

Shavkat Mirziyeyov Andijonda o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ma’lum qildi. Xususan, zargarlik maxsus zonasi, mebelsozlik kompleksi, yangi iqtisodiy zona tashkil etish hamda til o‘rgatuvchi xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalashni boshlash va boshqalar reja qilinmoqda.

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida
16 fevral 2024, 16:15

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida

Shavkat Mirziyoyev Buxoroning Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgani, vaziyatni o‘zi kuzatib borgani, prokuror jami 200 ming dollar so‘raganini aytdi. Bosh prokurorga esa uni ishdan olish topshirildi. “O‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?” — dedi prezident.

O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi
16 fevral 2024, 12:26

O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi

O‘zbekistonda ixtirolar, tovar belgilari, reklama, dori vositalari va davlat boji to‘g‘risidagi qonunlarni JST bitimlariga uyg‘unlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston demokratiya reytingida 148-o‘rinni egalladi
15 fevral 2024, 20:58

O‘zbekiston demokratiya reytingida 148-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston EIU`ning global demokratiya reytingida 167 mamlakat ichida 148-o‘rinni egalladi (Xitoy bilan bir xil). Mamlakatda bir necha yildan beri demokratiya bilan bog‘liq vaziyat 10 dan 2,12 ball sifatida baholanmoqda. MOdagi boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston ham avtoritar tuzumlar guruhida qolmoqda.

Prezident davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
15 fevral 2024, 17:23

Prezident davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, davlat mulkini auksion, tanlov savdolari, muzokaraga ommaviy taklif qilish, birja va boshqa yo‘l bilan xususiylashtirish mumkin. Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mulklar: ko‘chmas mulk obyektlari, davlat ulushlari, DUK va davlat muassasalaridir.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi
14 fevral 2024, 21:10

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi

Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda
14 fevral 2024, 15:50

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda

Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori qidiruvdagi shaxsga qo‘llangan qamoq chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik berish evaziga 90 ming dollar olgani va DXX xodimlari tomonidan ushlangani aytilmoqda.

Jamshid Bozorboyev Xo‘jaobod tumani hokimi bo‘ldi
14 fevral 2024, 14:32

Jamshid Bozorboyev Xo‘jaobod tumani hokimi bo‘ldi

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Jamshid Bozorboyev hokim etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Uchqo‘rg‘on va Oltinko‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
14 fevral 2024, 11:47

Uchqo‘rg‘on va Oltinko‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Otavullaxon Rasulov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumaniga, Muhammad Haydarov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.

Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi
14 fevral 2024, 10:08

Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi

Salkam 2 yildan buyon Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Gulnora Abdullayeva lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Gulnora Ahmedova egalladi.

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish markazi rahbari lavozimidan ketdi
14 fevral 2024, 09:40

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish markazi rahbari lavozimidan ketdi

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimga o‘tgan yilning iyun oyida tayinlangandi. Markaz aprel oyida tashkil etilgan.

“Ayrim shahar va shaharchalarning bosh rejalari yo‘qligi sababli faqat eniga kengaymoqda” — prezident
13 fevral 2024, 22:15

“Ayrim shahar va shaharchalarning bosh rejalari yo‘qligi sababli faqat eniga kengaymoqda” — prezident

Bosh rejalar yo‘qligi sababli O‘zbekistonda ayrim shahar va qishloqlar faqat eniga kengaymoqda. Bu infratuzilma xarajatlari oshishiga, qishloq xo‘jaligi yerlari kamayishiga olib kelmoqda, dedi prezident. U urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha konsepsiya va qonun ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting