Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bosh kotib Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi va ish faoliyatini boshladi.
Devid Xofman USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori bo‘ldi. Missiya 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan. Mikaela Meredit uning ilk direktori edi. USAID rahbari Samanta Pauer AQSh O‘zbekiston xalqini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi.
Senatning 24-avgustdagi yalpi majlisida valyutani tartibga solish, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va yer qa’ri to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari natijalari ham muhokama qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanganidan keyingi ilk davlat tashrifida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa hujjatlar imzolandi. Savdo, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, logistika masalalari va boshqalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi, yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurdi, avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda eng ko‘p “tadbirkor”, “biznes”, “soliq” so‘zlarini ishlatdi. Tahlil tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari soliqlar va kreditlar ekanligini ko‘rsatmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, PA rahbari lavozimi tugatildi, yana ikkita prezident yordamchisi lavozimi joriy etildi, maslahatchilar soni 9 nafardan 11 nafarga oshirildi.
Budapeshtga amaliy tashrif bilan borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.
O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlari va o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yuk Ukrainaga yetkazildi. Ulardan kiyim-kechak hamda tibbiy buyumlar o‘rin olgan. Avvalroq Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar boladan iborat guruh Toshkentga yetib kelgandi.
“Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan Xurshid Usmonov Qamashi tumani hokimi etib tayinlandi.
2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlari 6 trln so‘m zarar ko‘rdi, dedi prezident. Davlat rahbari qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19−20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. U faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuni tadbirlarida qatnashib, Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha JCH yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Markaziy Osiyo — AQSh” (“C5+1”) formatidagi birinchi sammitga taklif qildi. U sentabr oyi oxirida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining ochilish kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda jarimalar tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi uchun ularga qo‘yilgan barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi, dedi prezident. Tadbirkor va soliq organlari o‘rtasidagi nizolar faqat ma’muriy sudda ko‘rib chiqiladi, 2024-yildan takroriy va eskirgan hisobotlar bekor qilinadi.
14−15-sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tojikiston, shuningdek, sammit doirasida 12 ta parallel tadbir, jumladan, iqtisodiy forum, olimlar forumi va faol ayollar uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda Afg‘oniston orqali o‘tadigan temiryo‘l Janubiy Osiyoga chiqadigan “eng ma’qul, arzon va xavfsiz yo‘l” ekanini aytdi. “Mana shu ikkita katta temiryo‘l bo‘lsa, biz ham tarif orqali manfaat ko‘radigan davlatga aylanamiz, birovga qaram bo‘lmaymiz”, — dedi prezident.
Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekistonning DXX Chegara qo‘shinlari, Bojxona instituti, Tashqi hamda Ichki ishlar vazirligiga jami 213,3 ming yevroga teng texnikalarni topshirdi.
2023-yilning 5 oyi davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13,3 foizga o‘sib, 215,8 mln dollarga yetdi, deya xabar qilindi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning Cho‘lponotadagi yig‘ilishida. Tomonlar bu ko‘rsatkichni 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting