Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekistonni prezidentni onlayn haqoratlash jinoyatini bekor qilishga chaqirdi. Tashkilotga ko‘ra, “odamlar ochiq, repressiyadan qo‘rqmay tanqid qila olishi kerak”. Huquq faollari prezidentni tuhmat va haqorat qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilash shart emasligini aytmoqda.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi.
Fazliddin Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
AQSh savdo vakili Ketrin Tay 11−12-iyun kunlari Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Ostonada bo‘lib o‘tadigan AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi Savdo va investitsiyaviy hadli bitim yig‘ilishida ishtirok etadi.
BMT Bosh assambleyasi 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi. Maqsadlar sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zosi o‘rinbosari bo‘ldi. Tanzila Narbayeva buni o‘zgarishlar natijasi deb atadi va qaror davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilish borasidagi harakatlarini kuchaytirishni talab qilishini aytdi.
O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zoligiga saylandi. 54 ta a’zodan iborat kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida Von Do Yon ushbu mamlakatning Toshkentdagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Vladimir Putin Rossiyada imperialistik ambitsiyalar yo‘qligini aytib, bu pozitsiyani O‘zbekiston misolida tushuntirdi. “Agar kimdir bizni qandaydir imperialistik ambitsiyalarda gumon qilsa, tasavvur qiling: Sovet Ittifoqini tiklasak, bizda asosan islomiy aholi bo‘ladi”, — dedi u.
Bosh vazir investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosar vazifasini bajaruvchilar sifatida Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliyevni tayinladi.
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Tashkilotning avvalgi rahbari Firdavs Abduxoliqov Islom sivilizatsiyasi markazi direktori bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi.
Anqara shahridagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunida prezidentlar Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, yana 19 ta hujjat imzolandi.
Anqarada O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbulda O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif doirasida 10 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Turkiya poytaxti Anqarada O‘zbekiston rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting