Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga qaytarildi. O‘tgan yilning dekabr oyida ma’muriy islohotlar doirasida u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tarkibiga o‘tkazilgandi.
O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Uni Sharq, xususan, arab mamlakatlarida yaxshi obro‘ va e’tiborga ega shaxs deya ta’riflashadi. U Rossiya bilan tinchlik muzokaralari va asirlar almashinuvlarida qatnashgan. “Gazeta.uz” Umerovning tarjimai holini havola qiladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayevani qabul qilarkan, mamlakatga va Shavkat Mirziyoyevga munosabati haqida gapirdi. “Sizda juda yaxshi prezident bor. Men uning ko‘zlariga qarab turib ham aytaman: senga ishongan xalqqa pand bermasliging kerak”, — dedi u.
Siyosat izchilligi, muvofiqlashtirilgan harakatlar va ishonchli ma’lumotlar tahlili rivojlanishning zamonaviy muammolarini hal qilish kalitidir. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska mamlakatdagi missiyasini yakunlanishidan oldin “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
Prezident qarori bilan Toir Alimatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, ekologiya, kuchli fuqarolik jamiyati va OAVning ahamiyati, ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, bag‘rikenglik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi masalalarga to‘xtaldi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli qilishdir”, — deya eslab o‘tdi u.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 286 nafar mahkum afv etildi. Ularning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.
Rossiyaning Belgorod viloyatiga O‘zbekistonning davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari tomonidan 12 tonna insonparvarlik yordami jo‘natildi. Yukda kiyim-kechak va poyabzallar, dori-darmon, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.
7−8-sentabrda Samarqandda bo‘ladigan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada 30 dan ortiq davlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashadi. Kun tartibidan “Nol ochlik” maqsadiga erishish, mamlakatlararo mahsulot yetkazib berish uchun ekspress yo‘laklarni ochish va boshqalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy, Malayziya, Buyuk Britaniya, Turkmaniston va Bangladeshning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistondagi 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlar ro‘yxatini tuzdi. Bu yilgi reytingda rahbarlar ro‘yxatiga nodavlat sektor vakillari ham kiritildi.
Muhammad Monirul Islom Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.
Kamal Atajanov X️orazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.
“Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi”. O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi. Foto.
Bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Salom Samadov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.
Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.
Prezident mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovni I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari, Oliy sud raisi o‘rinbosari, prokuratura, IIV va boshqa idoralar xodimlari ham taqdirlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting