“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan 1772 ta loyiha e’lon qilindi. Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.
O‘zbekiston qonunchiligiga sud qarorisiz va oldindan kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joylarni buzishni taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritildi. Uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, qayta qurish yoki buzish hokimliklarning ruxsati bo‘lgan holda emas, balki qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Prezident mahkumlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ular o‘zlariga insonparvarlik bilan murojaat qilinishi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish huquqiga ega bo‘ldi. Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi taqiqlandi.
Toshkentda 28-avgust sanasida xalqaro Maple Bear Canadian School ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar maktab shartlari, chet ellik o‘qituvchilar va o‘quv rejasi bilan tanishdi.
Sentabrning birinchi o‘n kunligida qulay harorat hukm suradi. Kechasi va tongda +12…+17 darajali tetiklantiruvchi salqinlik seziladi. Havo kunduzi +28…+33, ba’zi joylarda 35 darajagacha isiydi. Keyin oyning oxirigacha harorat pasayib boradi. So‘nggi o‘nkunlikda qisqa muddatli yomg‘irlar kutilmoqda.
66 yoshli Yuriy Kim 5 yildan beri Chilonzor-3 mavzesidagi dehqon bozorida kitob sotadi. Uning noyob kitoblar to‘plami 5000 jilddan ortiq. “Gazeta.uz” u kitob sotishni qanday boshlagani, ularni qayerdan sotib olishini va hozir kitobxonlar undan eng ko‘p qaysi asarlarni so‘rashi haqida hikoya qiladi.
Harbiy unvonlari oshirilgan Olimpiya sovrindorlari, Rossiya gazini “mumkin qadar maksimal” import qilayotgan O‘zbekiston, Mustaqillik arafasida afv etilganlar, Samarqandda yakunlangan “Sharq taronalari” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda shaharni yangilash bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyihalar amalga oshirilmoqda, bu uchun esa ba’zan butun mavzelar buzib tashlanmoqda. Ko‘pincha bu yetarli qonuniy asossiz sodir bo‘lyapti. BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga keldi.
Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 522 nafar shaxs afv etildi. Ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari shartli ozod qilindi. Afv etilganlar orasida 19 nafar chet el fuqarosi, 27 nafar taqiqlangan tashkilotlardagi shaxslar mavjud.
Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar Mustaqillik bayrami munosabati bilan sayillar va bayram tomoshalari o‘tkaziladi. Bog‘lar ro‘yxati.
Mudofaa vaziri Parij Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan dzyudochi Diyora Keldiyorovani “katta leytenant”, taekvondochilar Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovani esa “leytenant” unvonlari bilan taqdirladi. Qizlarga, shuningdek, “To‘maris” ko‘krak nishoni ham berildi.
Toshkent markazidagi, bir zamonlar Bog‘ ko‘chasi hisoblangan O‘zbekiston ovozi ko‘chasi avtomobillar harakatini kamaytirish, piyodalar uchun qulaylashtirish maqsadida rekonstruksiya qilinadi. Loyihaga “Tashkent Invest” Bolalar kutubxonasi rekonstruksiyasida qatnashgan Ludi_Architects byurosini jalb etdi.
Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Parda podcast loyihasiga bergan intervyusida ayol sportchi bo‘lish qiyinchiliklari, jamiyatdagi stereotiplar va shaxsiy chegara haqida gapirdi. U, shuningdek, o‘zining qizlik va kelinlik oilasidan birdek qo‘llab-quvvatlov olganini ta’kidladi.
Samarqandda yakunlangan “Sharq taronalari” festivalining Gran-prisini Ozarbayjonning “Semurg” jamoasi qo‘lga kiritdi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi. Oltita davlat ijodkorlari esa turli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. Tadbir yakuni — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mamlakatda qo‘shimcha maktablar qurilishi prioritetdaligini ta’kidladi. Rejaga ko‘ra, bu yil 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni uchun maktab qurib bitkaziladi. Bu uchun 11 taga yaqin loyiha bor. Shuningdek, vazirlik bitta yangi maktab qurilishiga qancha mablag‘ ketishini ochiqladi.
Beshta kinopremyera, bog‘lardagi bayramona-ko‘ngilochar dasturlar, Anhor Sup Fest 2024, yarmarkalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Farg‘ona shahrida Spark haydovchisi keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urildi. Oqibatda 4 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 2 nafari vafot etdi.
Toshkent shahrida avtobuslar bayram kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan, 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.
O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting