Jamiyat

OTMlarning magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilindi
28 avgust 2024, 23:47

OTMlarning magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilindi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.

28-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 avgust 2024, 23:31

28-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Mustaqillik bayramida xavfsizlik uchun javobgar 30 ming xodim, “Tolibon"ning aviatexnikalar O‘zbekistonda qolishiga e’tirozi, festival o‘tkazish yo‘lni asfalt qilishdan muhimroqligini aytgan vazir, olimpiyachilarga mukofot topshirgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“O‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetadi?” Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining javobi
28 avgust 2024, 23:12

“O‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetadi?” Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining javobi

MMTV rahbari Hilola Umarova o‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda 6000 dan ortiq o‘qituvchi (1,1%) bonuslar bilan qo‘shganda shunday maosh oladi. Vazir o‘rinbosari Temurjon Komilov barcha o‘qituvchilar bir vaqtda 1000 dollar olishining iloji yo‘qligini aytdi.

Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi
28 avgust 2024, 20:40

Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi

Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi
28 avgust 2024, 20:22

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi

Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov
28 avgust 2024, 19:58 1

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi
28 avgust 2024, 18:06

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi

Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi
28 avgust 2024, 14:19

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.

Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30,7 ming xodim jalb qilinadi
28 avgust 2024, 11:48

Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30,7 ming xodim jalb qilinadi

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.

Terminal biznes markazi ofis maydoni savdosi boshlanganini e’lon qildi
28 avgust 2024, 11:00

Terminal biznes markazi ofis maydoni savdosi boshlanganini e’lon qildi

Toshkentdagi “Jahon savdo markazi” konsepsiyasiga ega Terminal biznes markazida ofis maydonlarini sotish boshlandi.

Migratsiya agentligi Latviya va Belgiyadagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida e’lon berdi
28 avgust 2024, 10:46

Migratsiya agentligi Latviya va Belgiyadagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida e’lon berdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi SE guvohnomasiga ega furachilar Latviyaga ishga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Oylik ish haqi — 1100 yevro. Belgiyada esa avtomexanik va avtotexniklar uchun vakansiya mavjud, ish haqi — 2100 yevro.

Foto: Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivali
28 avgust 2024, 10:21

Foto: Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivali

Registon maydonida o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalida 80 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod vakil qatnashmoqda. 27-avgust kuni 14 ta mamlakat ishtirokchilari ko‘rik-tanlov doirasida chiqish qildi. “Gazeta.uz” tadbirning ikkinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.

Gulistonda Yandex Go ish boshladi
28 avgust 2024, 09:54

Gulistonda Yandex Go ish boshladi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahri O‘zbekistonda Yandex Go taksi xizmati ishga tushgan 14-shahar bo‘ldi. Sayohatning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.

Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan 3 bola O‘zbekistonga qaytarildi
28 avgust 2024, 09:31

Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan 3 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan uch bola (17, 12 va 2 yoshda) O‘zbekistonga qaytarildi.

Saudiya Arabistonida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
28 avgust 2024, 09:10

Saudiya Arabistonida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fevral oyidan buyon Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan va viza muddati tugagan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishiga yordam ko‘rsatildi. U va uning o‘g‘li shifokor hamrohligida Toshkentga olib kelindi.

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligi har yili baholanadi
28 avgust 2024, 09:07

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligi har yili baholanadi

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi. Kengashlar faoliyati samaradorligi esa har yili baholab boriladi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni yangi mexanizm va shakllar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.

27-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 avgust 2024, 22:14

27-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy transportlar taqdiri, Humo’ni xususiylashtirishda ishtirok etmoqchi bo‘layotgan Qozog‘iston kompaniyasi, bir qator tumanlarga tayinlangan yangi hokimlar, vanihoyat qabul qilingan raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Andijondagi sement zavodi insofsiz raqobat uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi
27 avgust 2024, 20:49

Andijondagi sement zavodi insofsiz raqobat uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.

Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi
27 avgust 2024, 20:31

Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi

Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.

35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV
27 avgust 2024, 19:45

35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV

“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting