Jamiyat

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (24−25-avgust)
23 avgust 2024, 14:50

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (24−25-avgust)

Oltita yangi film premyerasi, ochiq havoda kino namoyishlari, Mocfest festivali, ko‘rgazmalar, kattalar va bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, Respublika bolalar kutubxonasidagi ma’rifiy dasturlar, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi
23 avgust 2024, 14:42

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat shanbada +34…+37, yakshanba kuni esa +30…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
23 avgust 2024, 14:29

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yil boshidan beri ko‘proq qaysi idora xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani aytildi
23 avgust 2024, 11:24

Toshkentda yil boshidan beri ko‘proq qaysi idora xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani aytildi

Poytaxtda asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash idoralarida ishlovchi shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan jarima qo‘llandi
23 avgust 2024, 10:18

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgani haqida xabar berdi. Korxonaning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.

Toshkent — Moskva yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23 avgust 2024, 09:54

Toshkent — Moskva yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

24-sentabrdan Toshkentdan Moskvaga temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov 77 soatni tashkil qiladi, chiptalar reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin xarid qilinsa, chegirma qo‘llanadi.

O‘zA milliy axborot agentligi virtual suxandonni taqdim etdi (video)
23 avgust 2024, 09:43

O‘zA milliy axborot agentligi virtual suxandonni taqdim etdi (video)

O‘zA axborot agentligi sun’iy intellektga asoslangan virtual suxandon Sobira Xoldarovani taqdim etdi. U yangiliklarni to‘qqizta tilda yetkazadi. Uni yaratish uchun jurnalist Dildora Abduxalilovaning prototipidan foydalanilgan.

Sergelidagi gastronomik ko‘cha boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi? Tafsilotlar
22 avgust 2024, 23:33

Sergelidagi gastronomik ko‘cha boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi? Tafsilotlar

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida 1,2 km uzunlikdagi gastronomik ko‘cha loyihasini taqdim etdi. Ustuvorlik piyodalarga beriladi, avtobuslar bo‘ladi, qulay mikroiqlim yaratiladi. “Ushbu ko‘cha misolida boshqa ko‘chalar ham tartibga keltiriladi”, — dedi u.

22-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 avgust 2024, 21:41

22-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumiga start, maxsus unvon olish uchun uzaytirilgan xizmat muddatlari, O‘zbekistonda parranda go‘shti biznesi bilan shug‘ullunadigan Hindiston kompaniyasi, maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengayishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi holatlariga chek qo‘ydi
22 avgust 2024, 20:43

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi holatlariga chek qo‘ydi

O‘rta Chirchiqda fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan 2 ga yerni 560 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Boshqa holatda Farg‘onada tuman hokimligining yeri 410 ming dollarga sotilishining oldi olindi. DXX jami 5 ta holatda noqonuniy yer savdosini to‘xtatib qoldi.

Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi rejali o‘chiriladi. Ro‘yxat
22 avgust 2024, 18:02

Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi rejali o‘chiriladi. Ro‘yxat

Toshkentning qator tumanlarida 5-sentabr-3-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.

Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan ushlandi
22 avgust 2024, 17:53

Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijon viloyati Baliqchi tumanida hokim o‘rinbosari va tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi qamoqqa olindi. Ular tuman hokimligi zaxirasidagi yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan.

Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi
22 avgust 2024, 14:27

Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona postida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan shaxs pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati uzaytirilgani yo‘q — IIV
22 avgust 2024, 11:50

Ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati uzaytirilgani yo‘q — IIV

IIV ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilgacha uzaytirish mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etib, bunday taklif yoki qo‘shimchalar ko‘zda tutilmaganini bildirdi. Hozirda bu muddat 20 yilni tashkil etadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda maxsus unvon uchun xizmat qilish muddatlari o‘zgardi
22 avgust 2024, 10:23

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda maxsus unvon uchun xizmat qilish muddatlari o‘zgardi

Prezident qarori bilan, IIO, bojxona, milliy gvardiya va harbiy xizmatdagi maxsus unvonlar uchun xizmat qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud — Sanepidqo‘mita
22 avgust 2024, 10:09

O‘zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud — Sanepidqo‘mita

O‘zbekiston aholisining 1980-yildan avval tug‘ilgan qismi chin chechak kasalligiga qarshi to‘liq emlangan. Sanepidqo‘mitaning ta’kidlashicha, chin chechakka qarshi emlashdan keyin hosil bo‘lgan immunitet maymunchechakka qarshi ham ishlaydi va kasallikning keng tarqalish xavfini pasaytiradi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
22 avgust 2024, 08:02

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

21-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
21 avgust 2024, 22:13

21-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotdagi nutqining lingvistik tahlili, parlament saylovlarida qatnashishga ruxsat olgan siyosiy partiyalar, FNQIZning bir qismini sotib olayotgan AQSh kompaniyasi, YHQni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tashabbusi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Raqobat qo‘mitasining qarori yuzasidan apellyatsiya beradi
21 avgust 2024, 22:04

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Raqobat qo‘mitasining qarori yuzasidan apellyatsiya beradi

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali vositachilik yig‘imi sabab yo‘lovchilardan 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ undirganini, shu sababli jarima jazosi qo‘llanishini aytgandi. Temiryo‘l kompaniyasi qaror yuzasidan apellyatsiya beradi, chunki “yig‘im tashuvchi tomonidan mustaqil belgilangan”.

Jizzaxda yerni nasos orqali sug‘orishda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
21 avgust 2024, 18:36

Jizzaxda yerni nasos orqali sug‘orishda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Zomin tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari yerni nasos orqali sug‘orish mobaynida uskunalarni o‘zgartirib, qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting