Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 12 va 17 yoshli o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi. Qizlarning opasini ularga vasiy etib belgilash ishlari ketmoqda. Erkakka nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar sudga yuborildi.
Homiladorlik davrida tishlar va milk bilan bog‘liq ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Mutaxassis birinchi va oxirgi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinishi, ikkinchi uch oylik esa tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davr ekanini ta’kidladi.
Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqib, yo‘ldan adashib qolgan uch nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk va Qozon shaharlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Prezident Mustaqillik kuni arafasida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Baxtiyar Islamov ham bor. To‘liq ro‘yxat.
23−25-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tdi. 400 ming atrofida mahalliy va chet ellik sayyoh qatnashgani aytilayotgan tadbir qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Iyul oxirida Nukus tomon piyoda yo‘lga chiqqan oltinko‘llik Shohjahon O‘razaliyev o‘ziga xos shov-shuvga aylandi. U uch haftada Samarqandga yetib keldi, bu vaqt ichida undan ilhomlangan “piyoda sayohatchilar” paydo bo‘ldi, Instagram’idagi obunachilari esa 370 mingdan oshdi. “Gazeta.uz” uning hikoyasini havola qiladi.
Yangiyo‘l tumanida ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan korxona rahbari 5 yil 1 oyga qamaldi. Uning firmasi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani oqibatida davlatga 295 mln so‘m zarar yetgan.
O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Chilonzor tumanidagi besh nafar shaxs “Oltin markazi” avtoturargoh nazorati xodimlari bilan janjallashdi. Ular protsessual tartibda ushlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahridagi sexlarning biriga tegishli omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 09:48 da yetib borgan, 11:28 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnika jalb etildi.
BC Card va HUMO tizimi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endi mijozlar ham Koreyada, ham O‘zbekistonda to‘lovlarni o‘z kartalaridan foydalangan holda qulay amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
Qirg‘izistonda soat 01:33 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona viloyati hududlarida ham sezildi (2−3 ball).
Mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirish maqsadida har yili “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” va “Eng toza mahalla” tanlovlarini o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda. G‘oliblarga pul, elektromobillar, velosipedlar va boshqa mukofotlar beriladi.
Ittifoqdoshlarga aylangan O‘zbekiston va Ozarbayjon, soqoli uchun jarimaga tortish holatlari, 5 baravar ortgan gaz importi, Ginnes rekordlari kitobiga kirgan Qoraqalpog‘istondagi o‘tov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda ikki mamlakat san’atkorlari konsertida qatnashdi. Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga “xalq artisti” faxriy unvonlari berildi. Foto, video.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi. Akademik litseylarda esa — 4-sentabrdan.
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida sudlar erkaklarni “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqol qo‘ygani uchun jarimaga tortdi. Bu modda bilan asosan yuzini to‘liq yopadigan kiyim kiygan ayollar javobgarlikka tortiladi.
Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting