25−27-fevral kunlari quruq va iliq ob-havo hukmronlik qilishi, janub va cho‘l hududlarida ushbu davr uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2−4 daraja yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda. Mart bir oz yog‘ingarchiliklar bilan boshlanadi.
Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya 5−7 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziya muftiysi Zaynul Abidin O‘zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi.
Ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisini tayinlash, ho‘l meva eksporti va metallurgiya bilan bog‘liq talablar o‘zgardi.
Otabek Mustafoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.
«Ijtimoiy fikr» markazi internet orqali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan blits-so‘rovlar o‘tkazadi.
Anhor bo‘yidagi 78-uyning eng kamida uchta xonadonida odamlar yashashda davom etmoqda. Hokimiyat bayonotiga qaramasdan buzish ishlari davom ettirilmoqda.
«Farg‘ona» chegara bojxona postida sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar, qovun va tarvuz urug‘i hamda shokolad mahsulotlari to‘xtatildi.
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlarida sotilayotgan sun’iy tuxumlar borasida ogohlantirdi.
Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi hamda byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarixiy yoki arxitekturaviy qiymatga ega bo‘lish ehtimoli bor binolarni buzishga moratoriy joriy etilishini taklif qildi.
Davlat test markazi rahbariyati OTMlarga talabalarni qabul qilish jarayonidagi o‘zgarishlar yuzasidan izoh berdi.
«Eri» tomonidan o‘zga mamlakatga jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi. Jamoat tashkilotlari yordami bilan u vatanga qaytarildi.
XTV Toshkentda maktablarni buzish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maktablar ro‘yxati samarali ta’lim muassasalari reytingidan olingan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari yosh bolalar.
Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikkita sher bolasini sotayotgan fuqarolarning ishi fosh etildi.
Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Prezident qarori bilan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish fevral-martdan mart-aprelga ko‘chirildi.
Toshkent hokimiyati Mustaqillik ko‘chasidagi Davlat konservatoriyasining eski binosini buzish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting