O‘zbekiston️ va Germaniya o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, ️Germaniya taraqqiyot banki soha rivoji uchun O‘zbekistonga qariyb 62 mln yevro investitsiya kiritadi.
Toshkent halqa yo‘lida 5-yo‘nalishda qatnovchi SAZ LE60 avtobusi, Damas va Matiz to‘qnashdi. Avtobusning ikki yo‘lovchisi, Damas yo‘lovchisi va Matiz haydovchisi jarohatlandi. YTHga Matiz yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Prezident farmoni bilan endilikda mulk huquqi faqatgina sud qarori bilan bekor qilinadi, yuridik shaxsning tugatilishi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilmaydi, turar joy mulkdorlari qarindosh bo‘lmagan shaxslarning doimiy propiskasini bekor qilishi mumkin. Adliya vazirligi hujjat mohiyatini tushuntirdi.
Qoraqalpog‘istondagi ilk xususiy OAVlardan biri bo‘lgan KRuz.uz olti yillik faoliyatdan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatishi haqida ma’lum qildi. Uning asoschisi Furqat Yusupov 2018 yilda cho‘kib ketayotgan ikki qizni qutqarmoqchi bo‘lganida vafot etgan edi.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyatidagi suv havzalari ikki marta bo‘yalganini ma’lum qildi. Tozalash inshootlari eskirgani tufayli suvni to‘liq tozalay olmayapti, ifloslanishga esa to‘qimachilik korxonalari sababchi bo‘lishi mumkin. Biznes ombudsmanga ular faoliyatini tekshirish bo‘yicha ariza topshirilgan.
Turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi «Gazeta.uz»ga V-VII asrlarga oid yodgorlik buzib tashlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi. Qashqadaryodagi «Kunjutlitepa» yodgorligi va uning qanday ko‘rinishda bo‘lgani haqida qisqacha ma’lumot.
«Gazeta.uz» muxbiri Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar orolida sodir bo‘lgan voqeada yaralangan 6 nafar afg‘onistonlik davolanayotgan Termiz shahridagi shoshilinch tibbiy yordam markazining filialiga bordi. Jabrlanuvchilardan biri oyog‘idan yaralangani, qolganlari esa yengil tan jarohatlari olgani ma’lum bo‘ldi.
Hisob palatasi raisining sobiq o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
2022 yilda 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (55,9%) qayd etildi.
Toshkentda fuqaro yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘rilab ketganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqanddagi KOICA markazining o‘quvchilari tomonidan yaratilgan elektromobil sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirda ulovni to‘liq quvvatlash uchun 6−7 soat talab etiladi. Kelgusida unga o‘zini o‘zi quvvatlovchi quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qilayotgan xayrli ishlarini jamoatchilikka o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib bera olmayotgani uchun turli e’tiroz va ba’zan noxolis tanqidlarga uchrayotganini aytdi. Aholi xabardorligini oshirish uchun Jamoatchilik kengashi qayta tuzildi, unga jurnalist va blogerlar taklif etildi.
DXX tomonidan Namanganda 2 mln dollardan ortiq valyutaning Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Gumonlanuvchi ikki shaxsga tegishli avtoulovdan 1,8 mln dollar, ularga valyuta yetkazib beruvchi shaxs avtomobilidan esa 167 ming dollar topilgani aytilmoqda.
Qashqadaryoda fuqaro XVIII asrga taalluqli «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlab, undan chiqqan tuproqni sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida madaniy merosga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor hibsga olindi.
Hukumat qarori bilan boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini yuritish joriy etiladi. Tizim davlat tilida yuritiladi, unga ma’lumotlarni kiritish tegishli vazirlik va idoralarning elektron axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida yuzlab Spark`lar yig‘ilib turgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu bo‘yicha UzAuto Motors munosabat bildirib, suratdagi avtomobillar «mijozlarga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilganini» ma’lum qildi.
1, 2 va 4 sentabr kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanbalik, 3 sentabr kuni esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar yopilgan 21-mehribonlik uyi hududi savdo obyektlari qurilishi uchun berilishidan xavotir bildirishdi. Milliy gvardiya mehribonlik uyi XTV balansida qolishi, uning o‘rnida yangi bolalar muassasasi paydo bo‘lishi va maqomi vazirlik tomonidan belgilanishiga ishontirdi.
O‘zbekiston TIV Surxondaryo viloyatidagi Payg‘ambar orolida Afg‘oniston fuqarolari bilan sodir bo‘lgan hodisada har ikki tomondan ham qoidabuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, hodisada ikki kishi halok bo‘lgani, olti kishi jarohatlangani aytildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, aholi yashash joylaridagi qarovsiz daraxtlarni parvarishlashga temir, ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan ishsiz fuqarolar haq evaziga jalb qilinadi. Qolaversa, 100 yoshdan oshgan daraxtlar tabiat yodgorligi sifatida himoyaga olinadi va atrofi 1,2 metrlik panjara bilan o‘rab qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting