Yangi Samsung qurilmalari Parijdagi Galaxy Unpacked ko‘rgazmasida taqdim etildi va endilikda jahon bo‘ylab sotuvga chiqdi.
BI Group developerlik kompaniyasi uy-joyni onlayn sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Mijozlar, shuningdek, real vaqt rejimida qurilishning borishini kuzatishi mumkin.
Yangi HET Billing elektr energiyasini hisoblash tizimining ishga tushirilishi sababli 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust 22:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar qildi “HET”. Bu vaqt ichida elektr uchun to‘lovlarda uzilishlar bo‘lishi mumkin va qarzdor iste’molchilar ta’minotidan uzilmaydi.
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi do‘konlardan nazorat uchun sotib olingan 8 nomdagisi oziq-ovqat mahsulotini laboratoriya sinovlari amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topganini ma’lum qildi.
22-avgustdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga Nukus shahridan temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd haftada uch marta harakatlanadi, qatnov salkam 21 soatni tashkil qiladi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar fuqaro cho‘l toshbaqasiga nos chektirgani aniqlandi. Ularga nisbatan BHMning 3 baravari miqdorida jarima belgilandi.
Ustun mavqega egaligi tan olingan Knauf Gips Buxoro, mart oyidan beri eng past darajagacha tushgan dollar, maktab va bog‘cha bolalarida aniqlangan kasalliklar, “Onasini emsin” axborot kampaniyasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 6-sinfdagi singlisiga sevishini aytgani uchun 15 yoshli bolani “samosud” qilgan erkak 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
“O‘zgidromet” sinoptiklari avgust oyi ob-havosi uchun dastlabki prognozini tayyorladi. Oy issiq havo bilan boshlanadi, keyinchalik jazirama biroz pasayadi. Ilk o‘n kunlikda kunduzgi harorat +36…+39 darajada bo‘ladi. Avgust oyi quruq keladi, uchinchi o‘n kunlikda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda kun davomida LED ekranlarda “Onasini emsin” iborasi aks etdi va bu shaharliklarni shoshirib qo‘ydi. Bu Butunjahon emizish haftaligi (1−7-avgust) uchun axborot kampaniyasining bir qismi edi. Tashabbuskorlar bu iboraning “asl ma’no”sini qaytarishga qaror qildi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltaklab, haqorat qilgandi. U MJTKning 2 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, BHM 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov maktab va bog‘chalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari haqida ma’lumot berdi. O‘quvchilarining deyarli 28 foizida va tarbiyalanuvchilarning 26 foizida turli xil kasalliklar, jumladan, anemiya, asab tizimi kasalliklari va yurak nuqsonlari aniqlangan.
Ombudsman idorasi mehnat qulligidan qochgan ayolning O‘zbekistonga qaytishiga yordam berdi. Yil boshida uni aldov yo‘li bilan Rossiyaga olib ketishgan, pasportini olib qo‘yishgan va dalada majburlab ishlatishgan.
Toshkent shahrida IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining sobiq boshlig‘i va uning sherigi chet el fuqarolariga pul evaziga noqonuniy ravishda ID karta va xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirib kelgani aniqlandi. Ular 7 va 5 yilga qamaldi.
Sanepidqo‘mita ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan muzqaymoqdan zaharlanish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantirdi. Unga ko‘ra, bunday muzqaymoqlarda stafilokokk bakteriyasi bo‘lishi mumkin, mahsulot solingan aksariyat idishlar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi.
Endi “Trastbank” korporativ mijozlari uchtadan ortiq ish o‘rni yaratganda debet aylanmasidan bepul foydalanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirishdagi “Oq-qiya” bojxona punkti 24 soat ish rejimiga o‘tkazildi.
Urganch tumanida 2 mlrd 203 mln so‘mlik 2 mln 446 ming kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Samarqand viloyati Urgut tumanida 21 yoshli haydovchi Cobalt boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga borib urildi. YTH oqibatida Damas mashinasi haydovchisi va ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Shuningdek, yana uch kishi jarohat oldi.
OTMlarda yangi o‘quv yili uchun yangi to‘lov-kontrakt miqdorlari, O‘zbekiston havosi ifloslanishining asl sabablari, “Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnoviga o‘zgartirish kiritish taklifi, prezidentning Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrigi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting