Oson Apteka ilovasi 1000 kun ichida Google Play`da 1 mln marta yuklab olish bosqichidan o‘tdi va O‘zbekistonda dori-darmonlarni izlash bo‘yicha mashhur xizmatlardan biriga aylandi.
“Sen dunyoga keraksan” xayriya jamoasi Toshkent viloyatida yashovchi 40 bola uchun yakshanbani unutilmas kunga aylantirdi: ularga Toshkent shahri bo‘ylab zoopark, muz saroyi, pitsseriya, masjid va bog‘ga sayohat uyushtirildi. “Mehrning bir kuni” aksiyasidan “Gazeta.uz” reportaji.
Sho‘rchi tumanida targ‘il sirtlonni o‘ldirgan fuqaroning shaxsi aniqlandi. Holat tufayli tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetgan. Ekologlar bu tur Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgani, O‘zbekiston bo‘yicha faqat shu viloyatda borligi, uning o‘ta noyob ekanini aytmoqda.
O‘zbekistonda hafta boshida havo biroz bulutli bo‘ladi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Chorshanbadan to ish haftasi oxirigacha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat +34…+37, janub va cho‘l hududlarda +38…+40 darajagacha bo‘ladi.
Jizzax viloyatida Damas haydovchisi haydovchilik guvohnomasisiz 14 nafar (avtomobil 7 kishiga mo‘ljallangan) yo‘lovchini tashidi.
Korzinka cupermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Raqobat qo‘mitasi kompaniyaning “eng arzon narx” deb e’lon qilgan mahsulotlarining narxi boshqa supermarket va bozorlardagi narxlardan farq qilmasligini aniqladi. Qo‘mitaga ko‘ra, buni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyish mumkin.
Norin tumanida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan korxona tizimga 2,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, korxonaning norasmiy rahbari protsessual tartibda ushlandi.
Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalidan 5−6 yoshli qizning jasadi topildi. U Qirg‘izistonning O‘sh shahridan selda oqib kelgan bo‘lishi mumkin. Viloyat hokimligiga ko‘ra, fotosurat orqali qizning oilasi buni tasdiqlagan.
Yakshanba kuni yarim tundan boshlab Toshkent shahridagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinayotgan Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari transport harakati uchun yopiladi.
Jondor tumanida ayol xorijdagi eri ularning holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, 3−4 yoshli qizlarini kaltakladi. Buxoro IIBga ko‘ra, holat bo‘yicha tergov boshlandi va sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.
Sel kelishi sababli Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklaridan biri qulab tushdi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, rasmiylardan iborat ishchi guruh voqea joyida ish olib bormoqda. Qo‘shni Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ham kuchli yog‘ingarchiliklardan so‘ng sel hodisalari kuzatilmoqda.
“O‘zsuvta’minot” vakili O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ham ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yilishi haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ham suv zaxirasi, ham suvni tejash nuqtai nazaridan yaqin kelajakda bunday reja yo‘q. “Hozircha qandaydir limit qo‘yishga hech qanday ehtiyoj mavjud emas”, — dedi u.
Oliy ta’lim vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Yangiyo‘l tumanida o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Gentra`ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi. YTH oqibatida bir yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Xiva-Andijon yo‘nalishidagi poyezdda harakatlangan san’atkorlar konditsioner tizimi ishlamaganini bildirdi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga anomal issiq keltirib chiqargan nosozlik sabab bo‘lganini aytmoqda, iqlimshunos esa yil boshidan beri anomal issiq bo‘lmaganini yozdi. Raqobat qo‘mitasi vaziyatni nazoratga oldi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2024-yilgi bitiruvchilari diplomlarini tantanali ravishda qo‘lga kiritdi. Marosimda Namangan va Samarqanddagi filiallardan ham talabalar ishtirok etdi.
Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 15-iyulda boshlanadi. U yerda yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari o‘rnatilib, ko‘chatlar ekiladi va boshqalar amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor, bir xonadondagi ko‘p oilalar bir oyda kamida 800 kVt/soat elektr ishlatadi, — dedi HET rasmiysi. Shu sababli ularning har biriga alohida hisobraqam ochish reja qilinmoqda.
Toshkentdagi avtosalon mansabdorlariga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berishini aytib, 6 mlrd 169 mln so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Samarqandda qisqa tutashuv sabab Matiz mashinasi butunlay yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga ham o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar holatni 50 daqiqada bartaraf etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting