Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov ishchi guruh bilan birga Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Hokim do‘konlardan biriga kirib, sifati buzilgan mahsulotlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayotganidan noroziligini bildirdi.
Xatirchida 8 yoshli qizning vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 haydovchi qamoqqa olindi. Ikkisi ham yo‘lda bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ulardan biri olti oyda 12 marotaba tezlikni oshirib haydagan. Piyodalar o‘tish joyiga esa pul ajratilmagani sababli tugmali svetofor qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lgan.
Hukumat avtomobillar uchun ekostikerlar joriy qilish vaqtini o‘zgartirdi. Ularni chiqarish 1-iyundan boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq 2025-yilning 1-martiga qoldirildi.
O‘zbekistonda seshanbadan havo harorati ko‘tarilib, ish haftasi oxirigacha +35…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 12-iyulgacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Samarqand shahridagi qurilish maydonida 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli daraxtlar ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilindi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Angren shahrida 157 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi 3,4 mln so‘m jarimaga tortildi. U “bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini” aytdi. U Instagram`da bolalar yo‘lda nobud bo‘layotgani haqidagi izohlarga javoban ularning taqdiri tug‘ilgunga qadar belgilab bo‘linganini ta’kidlagandi.
1-sentabrdan boshlab haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin.
O‘zbekistondagi yetakchi distribyutorlik kompaniyalaridan biri Balton Trading Asia vakillari 3PL xizmatlari va ularning afzalliklari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, 18 ming kvadrat metr maydonda “A+” toifadagi respublikada yagona “yashil” omborni taqdim etdi.
Poytaxt YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi (“Gvardeyskaya”) rekonstruksiya qilish uchun yopiladi. Haydovchilar shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin.
Toshkent aeroportida soat 19:44 atrofida noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qancha reyslar Samarqand, Namangan va Navoiy aerodromlariga yo‘naltirildi. Ayni paytda aeroportda ob-havo sharoiti barqarorlashdi va cheklovlar olindi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.
Navoiy shahrida 18−23 yosh atrofidagi yigitlar 16 yoshga to‘lmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘ldi, deya yozmoqda Kun.uz. Ularning 5 nafari 3,5 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Gumonlanuvchilar orasida IIB tergovchisi ham bor.
Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan.
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida prokurorlar va FVB xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olindi.
O‘zgidromet 7−9-iyul kunlari Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ozarbayjonga jo‘nab ketgan prezident, xorijiy siyosiy partiyalar faoliyatining taqiqlangani, deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar, Farg‘onadagi IIBda hushini yo‘qotgan fuqaro va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Sanepidqo‘m Afg‘onistonning gazlangan anor ichimligini tekshirishda zararli moddalarni aniqlamadi, ammo mahsulot xavfsizligini qayta tekshirishga qaror qildi. Avvalroq Qirg‘iziston bolalarda konsentratsiyani kamaytiradigan bo‘yoq mavjudligi sababli afg‘on ichimliklarini musodara qilishni boshlagandi.
O‘zbekiston mikromobillik assotsiatsiyasi fuqarolar elektr samokat haydovchilarining qoidabuzarligi to‘g‘risida shikoyat yuborishi mumkin bo‘lgan Telegram bot yaratdi. Bot qanday ishlashini tushuntiramiz.
Samarqandda Nexia 2022-yilgi SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘ldan o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod”lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. Viloyat YHXB aholini bolalarga e’tiborli bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.
O‘zgidromet 2024-yilning iyunini kuzatuv yillari uchun eng issiq iyunlar beshligiga kiritdi. Eng issiq ob-havo 27−28-iyunkunlari kuzatildi va harorat +43 darajagacha ko‘tarildi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyni ekstremal quruq oy deb tavsiflash ham mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting