Tarmoqlarda Jizzaxdagi “Navro‘z” bog‘ida 5 mingta shar uchirilishi haqida e’lon tarqaldi. Ekologiya vazirligi sharlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirilganini bildirdi. Bunday holatlarning oldini olish uchun vazirlik sharlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona to‘lovlarini 10 baravarga oshirishni taklif qilmoqda.
Ommaviy tadbirlarda fuqarolarga reklama, aksiya ko‘rinishida oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi. Qolaversa, haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish ham mumkin emas. Yangi qaror bo‘yicha nazoratni Milliy gvardiya va IIV amalga oshiradi.
Qo‘qon shahrida bloger fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bloger yil boshida ham avtomobil yo‘lida stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani uchun jarimaga tortilgandi.
Yakshanbaga o‘tar kechasi Qamchiq dovonida Iveco yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, mashinalar ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
Sentabr oyida teleboshlovchi Ramina Yagafarova Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida vafot etdi. Ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanligini ko‘rsatdi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi. Klinika uning singlisiga hujjatlarni topshirmagan va SSV oilaning so‘rovlariga javob bermagan.
DXX Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida Tojikistondan salkam 26 kilogramm giyohvandlik moddasini olib kelgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
O‘zgidromet 30-iyundan 1-iyulgacha Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Mehmonxona zamonaviy qulayliklarga ega turli toifadagi 20 ta xonani taklif etadi. Mehmonlar uchun yopiq va ochiq hovuzlar, spa, saunalar va shved stoli restorani mavjud.
Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda.
Samarqand viloyati Toyloq tumanida 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi. Unga nisbatan JKning “Qiynash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gaz eksporti bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy ma’lumotlaridagi tafovut, Haj vaqtida vafot etgan o‘zbekistonliklar, AES qurilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik eshituvi, Chorsu bozorida yuz bergan yirik yong‘in va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi.
Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urildi. Oqibatda avtobus ichidagi yo‘lovchilardan biri jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Texnikumlarni a’lo baholarga bitirganlar xalqaro klassifikatorga mos keluvchi diplom oladi. Ular oliygohda ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab shartnoma asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Prezident maktablari agentligi huzurida Olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
London fond birjasida “O‘zmilliybank” 27-iyun kuni 411 mln AQSh dollari miqdoridagi obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi.
Og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi, deya ta’kidladi prezident. Ular oyoqqa turib olgunga qadar uyda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayib, +34…+39, eng chekka janubda +40…+42 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonli shamol kuzatilishi mumkin.
Uzum milliy raqamli ekotizimi ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi hamkoriga aylandi. Ekotizim 12 nafar g‘olibga planshet va noutbuklarni topshirdi.
O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.
Shavkat Mirziyoyev endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilishini ma’lum qildi. Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting