Toshkentdagi ekovaziyatni yaxshilash rejalari, xususiylashtirilayotgan “Paxtakor”, Xitoy taklif qilayotgan g‘ildirakli tramvaylar, boshqa ishga o‘tgan Qahramon Quronboyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.
Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “yashil transport yo‘lagi” loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.
Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.
Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bosh prokuratura Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovni ushlab, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda endi fuqarolar o‘z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi.
O‘zbekiston poytaxtida ertalab havo yana “zararli” darajaga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, РМ2,5 zarralari tarkibi JSST tavsiyalaridan 23,8 barobar oshdi. IQAir reytingida shahar 8-o‘ringa chiqdi. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha ogohlantirishlar yoki tavsiyalarni hanuzgacha e’lon qilgani yo‘q.
Sud Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi. Sud ishi mayda bezorilik va ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik moddalari bilan ochilgandi. Toshkent shahri IIBB jurnalist jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortilganini ma’lum qilgan.
O‘zbekistonliklarga viza rejimini bekor qilgan BAA, ishdan olinishi mumkin bo‘lgan hokimlar, prezidentning 2024-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishi, SSVga tushgan yolg‘on chaqiriqlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Samara viloyatida YTHga uchragan Lada Largus avtomobilida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi. Ularning uch nafari vafot etgan, to‘rt nafari esa davolanmoqda. Tegishli tashkilotlar ularni vatanga qaytarish ustida ishlamoqda.
Shahrisabzda 17 yoshli qiz turmushga chiqishga majburlangach, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. U ombudsmandan avval o‘qishini tugatmoqchi ekanini aytib, yordam so‘radi. Qizga himoya orderi berildi, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirildi.
BAA hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimini joriy qildi. Hujjat 16-fevraldan kuchga kiradi.
Baxtiyor Begmatov Bo‘ka tuman hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatiga tegishli davlat raqam belgisi bo‘lgan Lada Largus avtomobili “Gazel” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Largus avtomashinasining uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez yordam xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Avvalroq bunday chaqiriqlar uchun chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilgandi.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkaziladi. Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.
Mahallalardan birida aholi bilan uchrashishga borgan Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatov huquq idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. U taxminan 5 soat qo‘yib yuborilmagan va jamoat joyida chekkanlik uchun jarimaga tortilgan. AOKA prokuraturaga so‘rov yubordi.
Prezident “aholi, ijtimoiy soha va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqib”, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, tadbirkorlarni “arzon va sifatli” kaolin bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting