Jamiyat

Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limdagi talabalarga ajratiladi
27 may 2024, 20:51 11

Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limdagi talabalarga ajratiladi

Prezident budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga doir farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi. Baholari “3” dan past bo‘lgan yuqori kurs talabalariga kredit miqdori kamaytiriladi.

Bo‘stonliqda Gentra qisqa tutashuv sabab yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q
27 may 2024, 18:02

Bo‘stonliqda Gentra qisqa tutashuv sabab yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q

Toshkent viloyatida ichida 22 yoshli haydovchi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan Gentra qisqa tutashuv sabab to‘liq yonib ketdi. Voqea joyida bo‘lganlar avtomobildan tushib qolgan, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan.

O‘zbekiston va Rossiya kichik atom elektr stansiyalari qurilishida hamkorlik qilishi mumkin
27 may 2024, 16:59

O‘zbekiston va Rossiya kichik atom elektr stansiyalari qurilishida hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya nafaqat yuqori quvvatli AESni, balki kam quvvatli AESlarni (har biri 55 MVt quvvatga ega 6 tagacha energiya bloki) qurishda ham hamkorlik qilishi mumkin. Rossiya hukumati “Rosatom”ga 2018-yildagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha protokol imzolashni topshirdi.

O‘zbekistonliklar maktab ta’limini qanday qilib o‘zgartirishi mumkin?
27 may 2024, 16:33

O‘zbekistonliklar maktab ta’limini qanday qilib o‘zgartirishi mumkin?

O‘zbekistonliklar ko‘pdan beri maktab ta’limidan norozi. Teach for Uzbekistan loyihasi orqali endi ular ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyiha pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, tug‘ma o‘qituvchi bo‘lgan mutaxassislarni maktabda ishlashga tayyorlaydi. “Gazeta.uz” loyiha haqida ma’lumot beradi.

1-iyundan metanning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi
27 may 2024, 14:37

1-iyundan metanning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi

1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi
27 may 2024, 12:16

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi

Hafta davomida O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin. Kunduzi harorat +23…+33 daraja bo‘ladi, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.

Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollarli kredit ajratdi
27 may 2024, 11:49

Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollarli kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalashga qaratilgan “Inson” loyihasi uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekistonda yil oxirigacha Face ID orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi
27 may 2024, 11:25

O‘zbekistonda yil oxirigacha Face ID orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi

2024-yil yakuniga qadar fuqarolar shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) orqali davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi shart emas.

Navoiyda baliq ovlab, tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
27 may 2024, 10:30

Navoiyda baliq ovlab, tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Konimex tumanidagi tabiiy suv havzasida 5000 metrlik sintetik to‘r yordamida noqonuniy ravishda 218 bosh baliq ovlagani aniqlandi. Ta’kidlanishicha, ushbu harakat oqibatida tabiatga 1 mlrd 240 mln so‘m zarar yetkazilgan.

O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi
27 may 2024, 10:22

O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati va ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlar bo‘yicha Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. Undan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda foydalaniladi.

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi
27 may 2024, 09:26

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi

Olmaliq shahrida mast holdagi haydovchi boshqaruvidagi Damas kanalga tushib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmadi, mashina texnik shikastlandi.

Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi
26 may 2024, 16:32

Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways 27-may kuni Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiradi.

Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi
26 may 2024, 09:17

Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi

26−27-may kunlarida Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

Damir Musayev AQShning Yel universitetida doktorlik darajasini oldi
25 may 2024, 19:21

Damir Musayev AQShning Yel universitetida doktorlik darajasini oldi

O‘zbekistonlik Damir Musayev AQShning Yel universitetida genetika yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori bo‘ldi. Uning tadqiqotlari genetik kasalliklarni davolashning yangi usullarini topishga qaratilgan.

Haydovchilarga 26−27-may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etiladi — YHXX
25 may 2024, 17:57

Haydovchilarga 26−27-may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etiladi — YHXX

26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Haydovchilarga shu kunlarda poytaxtga kelmaslik tavsiya etilmoqda. Avtomobillar harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxati keltirilmadi.

2024-yil bitiruvchilariga murojaat
25 may 2024, 17:54

2024-yil bitiruvchilariga murojaat

Kongratbay Sharipov, Surayyo Rahmonova, Marko Mantovanelli, Nafisa Mo‘minova, Timoti Smart, Firuz Allayev, Bekzod Mirahmedov kabi jamoatchilik faollari “Gazeta.uz” orqali 2023/2024 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirdi.

Visit Shymkent Chimkent va Turkistonda nimalarni ko‘rish kerakligini aytib berdi
25 may 2024, 15:00

Visit Shymkent Chimkent va Turkistonda nimalarni ko‘rish kerakligini aytib berdi

Visit Shymkent sayyohlik agentligi Qozog‘istonning Chimkent va Turkiston kabi shaharlaridagi qiziqarli joylar haqida o‘rtoqlashdi.

OTMlarda davlat granti ikki xil shaklda ajratiladi
25 may 2024, 14:48

OTMlarda davlat granti ikki xil shaklda ajratiladi

Yangi o‘quv yilidan OTMlarda davlat granti ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti sifatida ajratiladi. Ta’lim granti faqat birinchi yil uchun beriladi, keyinchalik yuqori reytingga ega talabalar o‘rtasida taqsimlanadi. Grantda o‘qiganlarning 3 yilgacha ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

“Maktab bitiruvchilari emas”. Jizzaxda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
25 may 2024, 12:13

“Maktab bitiruvchilari emas”. Jizzaxda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida Lacetti avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Yengil mashinaning 21 yoshli yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Jizzax viloyati IIB fuqarolar tarmoqlarda aytilgani kabi maktab bitiruvchilari emasligi, ular to‘yga ketayotgan bo‘lganini bildirdi.

Pure Milky Makon Marketing Forum`da “Yilning eng yaxshi brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi
25 may 2024, 11:00

Pure Milky Makon Marketing Forum`da “Yilning eng yaxshi brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi

18−19-may kunlari Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing forumida Pure Milky fermentlangan sut mahsulotlari kompaniyasi nufuzli “2023-yil brendi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting