Sergeli tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachi yordamchisi go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani kaltakladi. So‘ngra uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganida bolaning oyog‘i sindi. Hozirda tarbiyalanuvchi shifoxonada, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Bo‘stonliq shahar kengashining sobiq deputati, bloger Qobul Dusovning ozodlikni cheklash jazosi manzil-koloniyadagi qamoq jazosiga almashtirildi. Ma’lum qilinishicha, u taqiq va ogohlantirishga qaramay, internetdan faol foydalanishda davom etgan.
O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ma’lum yoshdagilar uchun pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, xorijlik va fuqaroligi yo‘q kishilarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun Ye-xabar berish tizimi ishga tushiriladi. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Surxondaryo viloyati hokimi o‘zining o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 million so‘m ajratdi. Farmoyish jamoatchilik e’tirozlaridan so‘ng bekor qilindi. Mablag‘lar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi aytildi.
Senat ma’qullagan IIB xodimlari videosini tarqatishga doir qonun, avtomobilda drift qilganlik uchun javobgarlik, nemis standartlariga o‘tkaziladigan tibbiyot texnikumlari, xorijda ishlayotgan 1,3 mln o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz to‘ldirish shohobchasi elektron hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston aholisi bir yil davomida 2 foizga o‘sib, 37,5 million kishidan oshdi. O‘tgan yili tug‘ilish darajasi 2017-yildan beri birinchi marta — 3,7 foizga kamaydi. 2024-yilda oxirgi 10 yildagi eng kam nikoh holati ham qayd etildi.
Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Hukumat hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Tegishli nizom biotexnik tadbirlar o‘tkazish usullari va maqsadi, hududlari va talablari, shuningdek, natijalarini monitoring qilishni nazarda tutadi.
V️azirlar mahkamasi qo‘mitasi huzurida Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi. Sohada davlat siyosatini yuritish va tartibga solish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish, atom energiyasi xavfsizligi bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘ladi.
21-yanvar kuni O‘zmilliybank AJ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O‘zbekistonda “yashil” moliyalashni rivojlantirishdagi yutuq va taraqqiyotga bag‘ishlangan tadbirida ishtirok etdi.
O‘zbekistonda 2025-yilda 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish esa elektr plitasi orqali bo‘ladigan qilib qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident yig‘ilishida. Deputat elektr energiyasidan yagona issiqlik manbai sifatida foydalanishni qo‘llab-quvvatladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bunday tashkilotlar xodimlari bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatda sinovdan o‘tadi.
O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi uchun tariflar o‘sadi. Xususan, maishiy iste’molchilar uchun belgilangan ijtimoiy norma doirasidagi 450 so‘mlik tarif 600 so‘m bo‘ladi. Tariflar bundan avval 2024-yil 1-mayida oshirilgandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” vakili buning sabablarini qisqacha tushuntirdi.
O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan.
Hozirda 1,3 mln nafardan ziyod o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilyapti. Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 600 ming nafari Rossiyada, qolgan aksariyati Qozog‘iston va Turkiyada. Tahlillarga ko‘ra, ushbu 1,3 mln fuqaroning 20 foizini ayollar tashkil etadi — muhojir xotin-qizlar soni kamaygan.
Senat qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, bir yil davomida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovchi kamida 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
O‘zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi 2025-yildan nemis standartlari asosida o‘qitishni boshlaydi, chunki, Migratsiya agentligiga ko‘ra, “Germaniya ish beruvchilari O‘zbekistondan to‘xtovsiz hamshiralar so‘rayapti”. 3 yillik o‘qishdan so‘ng bitiruvchilarga nemis tili bo‘yicha B2 sertifikati va xalqaro diplom beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting