25-fevral kuni Numa Diagnostics va Medipol klinikalari hamkorlik memorandumi imzolashdi. Shu munosabat bilan onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi ko‘prikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. “Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir”, — dedi prezident.
Yashnobod tumanidagi “Krestik” chorrahasi yaqinida Nexia 3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bir ayol va bir erkakni urib yubordi, ular jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
2023-yilda Click`dagi tranzaksiyalar hajmi 60 trln so‘mdan ortiqni tashkil qildi. Humo hisobotiga ko‘ra, bankdan tashqari mobil ilovalar orasida aylanmada Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi.
Aprel oyida Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetadi.
O‘zbekistonda 2023-yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.
Yangi Onix turar joy majmuasida dastlabki 10 ta kottej uchun qulay shartlar amal qilmoqda. Shuningdek, 2 sotix maydonga ega kottejlarni chegirma asosida sotib olish imkoniyati mavjud.
Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.
2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.
Senteo kompaniyasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha direktori Kseniya Konstantinova Markaziy Osiyo bank sektorida uch yillik tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda fevral bahoriy iliqlik bilan boshlanib, yarim oyda qishligini eslab qoldi. Xususan, Jizzaxning Chuvilloq qishlog‘ida ham yashillikka burkangan qirlarni yana qor bosdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon qadrdon qishlog‘ida bir oyda kuzatilgan ikki fasl tarovatini kadrlarga muhrladi.
Hisobotlarni kechiktira boshlagan Markaziy bank, elektr energiyasi uchun maksimal cheklovlar, O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni tiklash haqida gapirgan Ukraina elchisi, Buxorodagi sayyohlik markazi uchun buzilayotgan binolar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog‘dagi qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga “suhbatga” chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va ularning maqomi, huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yildi. Daraxt kesish, qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq aniqlangan holatlar uchun ekologiya nazoratchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi va “Zamin” fondining qo‘shma loyihasi asosida havo sifatini monitoring qiluvchi 8 ta stansiya olib kelindi. Ular Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga o‘rnatiladi.
Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi.
Chaykovskiy nomidagi musiqa maktabi Yangiobodning diqqatga sazovor joylaridan. O‘tgan asrning 50−90 yillarida bino o‘zining asosiy vazifasini bajargan. 2000-yillardan boshlab u qarovsiz qolib, qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelmoqda. “Gazeta.uz” maktabning taqdiri va uni saqlab qolishga urinishlar haqida hikoya qiladi.
Ayollarga yo‘lovchilari soni 14 kishidan ortiq avtobuslarni boshqarish huquqi berilgach, Toshkent shahrida haydovchilikka nomzod ayollar uchun amaliyot darslari o‘tilmoqda. Ularga yo‘nalishlarda ustoz haydovchilar hamrohlik qiladi. “Toshshahartransxizmat” jarayon qanday ketayotgani bo‘yicha videolavha e’lon qildi.
Jizzax viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 6,6 ming dollar, Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting