G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga, Qodirjon Erkaboyev esa Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Aziz Ergashev Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shamol sabab yopilgan metan “zapravka"lar, elektr ta’minotidagi cheklovlar, 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan O‘FA buxgalteri, suddan o‘zini oqlashni so‘ragan Farmagentlik sobiq rahbari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.
Sergeli tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga borib urildi. Voqeaga haydovchining qon bosimi oshib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Elektrobus texnik shikastlandi, haydovchi shifoxonaga olib ketildi, jarohat olganlar bo‘lmadi, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida idoralar hamda ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi. 2024-yilda jami 150−200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda bu yilgi mart nisbatan salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida harorat kechalari −5…+10, kunduzi +5…+22, janubda +25 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
TBC Bank Group PLC 16-fevral kuni 2023-yil yakunlari bilan o‘rtoqlashdi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi muvafaqiyatli faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda bog‘cha, maktab, kollej hamda oliy o‘quv yurtlarida shirin, gazlangan va energetik ichimliklar hamda tuzi yuqori bo‘lgan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni va sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2019−2023-yillarda ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 2,3 barobarga — 46 mingdan 104 mingtaga oshgan. 2021-yildagi keskin ko‘tarilishdan so‘ng bosqichma-bosqich pasayish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, yil davomida o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar soni ortgan.
O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.
“Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida yashirincha olib kirilayotgan 10 mlrd so‘mlik sigaretlar to‘xtatib qolindi. 402 ming quti mahsulot Tojikistonga o‘tish uchun respublikaga kirib kelgan poyezd vagonidan aniqlandi.
Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar jazoni manzil-koloniyada o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Buning sababini Toshkent shahar sudlari tushuntirdi.
Ohangaron tumanidagi “zapravka”lardan biri yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bundan ko‘rilgan zarar 37,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda. Benzin “zapravka"larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi, deya ishontirdi Energetika vazirligi.
Energetika vazirligi Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilayotganidan ogohlantirdi. Buning oqibatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolmoqda.
Poytaxt hokimligi aholini qor yog‘ishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish so‘raldi.
Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tashkent Index cavdo majmuasi avtoturargohidagi soyabon qor yoqqani ortidan bir necha avtomobil ustiga qulab tushdi. Bozor ma’muriyati soyabon ostida 35 ta mashina bo‘lgani, ularning 6 tasiga shikast yetganini bildirdi. Moddiy zarar esa qoplab beriladigan bo‘ldi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting