O‘zbekistonda endi tegishli sohadagi davlat ekspertlik va oliy ta’lim muassasalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligini o‘rganadi. Bunda xulosalar tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi, ular inobatga olinmaganda kelishmovchiliklar jadvali tayyorlanadi.
Oliygohlarda registrator ofislari ochib, oliy ta’lim va ilm-fan xizmatlarini qamrab olgan yagona raqamli tizim joriy etish rejalashtirilmoqda. Dual ta’limda ishtirok etayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi.
Telegram`dagi “Nazorat Uz” kanali ma’murlari ovqatlanish tarmoqlari rahbarlaridan katta miqdorda pul talab qilganlikda gumonlanmoqda. Ular oshxonada suvarak chiqqani aks etgan videolar borligini aytib, tadbirkorlarni qo‘rqitgan. Holat yuzasidan uch kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi. Ekologiya vazirligi “Yashil belgi” tizimini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organi hisoblanadi hamda unga bir qancha vazifalar belgilandi.
O‘zgidromet 23−27-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Toshkentda advokat 26 yoshli fuqaroning 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengillashtirish uchun 20 ming dollar olganda ushlandi. U 15 ming dollarni shu ishga aloqador boshqa shaxs — bank yuristiga topshirgan. Huquqshunos ham tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi. Oliygoh raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.
Migratsiya agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Japan Career portali ishga tushirildi. Unda Yaponiyadagi mehnat migratsiyasi, ta’lim va yashash imkoniyatlari haqida o‘zbek, rus va yapon tillarida ma’lumotlar berib boriladi.
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrida milliylikni targ‘ib qilishga doir qaror imzoladi. Unga ko‘ra, milliy liboslar va milliylikni targ‘ibotini o‘z ichiga olgan “Milliy Toshkent” loyihasi amalga oshiriladi. Shahardagi davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etiladi.
Toshkent shahrida yashovchi bir guruh shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Tezkor tadbirlar davomida 130 mln so‘mdan ortiqroq qiymatga ega dorilar musodara qilingan.
O‘zbekistonda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi. Milliy gvardiya boshliqlari va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.
Trampni tabriklagan, Erdog‘anga ta’ziya yo‘llagan Shavkat Mirziyoyev, keskin qimmatlagan kartoshka va bunga vazirlik izohi, kambag‘al oiladagilarni kasbga o‘qitishda vaucher tizimi, daraxt ekkanlik uchun subsidiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatidan Toshkentdagi Qibray tumanigacha 300 metrlik yerosti quvuri orqali Ai-92 markali benzin tashish bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ikki o‘zbekistonlikka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ularning qozog‘istonlik sherigi bo‘yicha qo‘shni davlat hukumatiga murojaat qilindi.
Yaponiya O‘zbekistonga Toshkentda Nevrologiya va insult markazi qurish va jihozlash, shuningdek, Samarqand va Buxorodagi tibbiyot muassasalarini uskunalar bilan ta’minlash uchun 147,3 million dollar miqdorida kredit ajratdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “GAZel” belgilanmagan joydan o‘tayotgan piyodani urib ketdi, oqibatda u halok bo‘ldi. Mashina boshqaruvni yo‘qotib, BYD va Matiz bilan ham to‘qnashdi. Aholi mazkur hududda piyodalar o‘tish joyi yo‘qligini ta’kidlamoqda va mas’ullardan harakat xavfsizligini yaxshilashni so‘ramoqda.
Olot tumanida noqonuniy saksovul kesib, olib qochmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Ta’qib qilish vaqtida ular inspektorlarning mashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Sud ularga 41,6 mln so‘m jarima jazosi tayinladi. Mashinaga yetkazilgan zarar ham qoplandi.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida 2025-yil 1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 1-apreldan esa 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting