Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda. Erkak oilaviy janjaldan so‘ng ota uyiga kelgan xotinini zo‘rlik ishlatib mashinada olib qochib ketgan. Shundan so‘ng ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Marhumaning himoya orderi bo‘lgan.
Jomboy tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi. Holat avtobus haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani va tormozni keskin bosgani sabab sodir bo‘lgan. YTH oqibatda bir kishi shifoxonada vafot etdi.
Sud nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda oiladagi zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi kutilmoqda. Ushbu moddani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senat qo‘mitasida muhokama qilindi.
Zarbdor tumanidagi qabristonda fuqaro 19 tup daraxtni noqonuniy ravishda kesib tashlab, o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m zarar yetkazdi. Navoiyda esa 4 tup daraxt kesgan shaxsdan 52,5 mln so‘m undirildi.
O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi. Qonun amalga kiritilgunga qadar saylangan raislar vakolati 3 yillik muddat bo‘yicha amal qiladi.
Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi. Unga ko‘ra, texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joyini tiklash uchun yordam ko‘rsatiladi.
Tarmoqlarda Umra va Haj ziyoratiga boradiganlar uchun meningitga qarshi emlanish talabi bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va emlanish talabi hanuz amalda ekanini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura reyd tadbirida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi issiqxona egasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 3,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kichik AES qurish bo‘yicha tuziladigan xalqaro konsorsium, Toshkent do‘konlarida arzonlashgan oziq-ovqat mahsulotlari, korrupsiya reytingida O‘zbekistonning pasaygan ballari, OpenAI’ni sotib olish uchun 100 milliard dollar taklif qilgan Ilon Mask va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
️Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan ushbu faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va bunda taqiqlanadigan xatti-harakatlar belgilandi. Bu bilan faqat shartnomaga muvofiq pulli asosda shug‘ullanish mumkin. 14 yoshdan kichiklar ota-onasi roziligi bilan ishtirok etadi.
Navoiy IES elektr narxini oshirib sotish orqali “Issiqlik manbai” DUKdan 4,5 mlrd so‘m ortiqcha foyda olgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasining sudga da’vo arizasi qanoatlantirildi va mablag‘ xaridor foydasiga hal qilindi.
Ota-onasi yoki yaqin qarishdoshlari bilan Rossiyaga borgan, ammo vasiylari deportatsiya qilingach, vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Ekologiya vazirligi 1-noyabrga qadar plastik chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqadi. Hujjat bilan plastikni qabul qilish punktlarini tashkil etish, utilizatsiya qilish uskunalarini o‘rnatish hamda “taralarni qaytarish” tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruv ekipaji voqea joyiga 8 daqiqada yetib borib, yong‘inni 20 daqiqada o‘chirgan.
Transparency International tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 121-o‘rinni egalladi. 100 balli indeks bo‘yicha mamlakat 32 ball to‘pladi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi va Senatga yubordi.
Olmaliq shahrida ona 8 yoshli bolasining barmoqlari va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqdi. U buni farzandi ruxsatsiz uydagi shirinlikni yegani uchun jazolash maqsadida qilgan. Ayolga nisbatan jinoiy ish ochilib qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
O‘zbekistonda 2024-yilda 469 568 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortildi. Bu 2023-yilga nisbatan 49 380 nafarga ko‘p. Ko‘rilgan ishlarning asosiy qismi mayda bezorilik, litsenziyasiz yo‘lovchilar tashish, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik kabi huquqbuzarliklardan iborat bo‘lgan.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yashovchi erkak xonadonida 8 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari saqlab kelgani aniqlandi. Ushbu moddalarning jami qiymati 4 mlrd 317 mln so‘mni tashkil qilishi aytilmoqda. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Xizmatlarning qulayligi va ommabopligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki endi dam olish kunlari ham ishlaydi - mamlakat bo‘ylab bir qator bo‘limlar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting