Toshkent xalqaro aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.
Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.
13−17-yanvar kunlari Ostona shahrida ta’lim sohasidagi muhim tadbirlardan biri — XXI Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya kabi 20 ta davlatdan 700 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Toyloq tumanida fuqaro o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 1,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi. Namangan shahrida esa fuqaro novvoyxonasini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 362 mln so‘mlik zarar yetkazdi.
Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda 145 kilogramm baliq ovlagan ikki shaxs tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
O‘zbekistonda zapravka qurmoqchi bo‘layotgan Five Petroleum, o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilayotgan Germaniya, reklama qonunchiligini buzgani uchun jazolangan Ucell, AQSh prezidentiligiga kirishgan Tramp va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi.
Energetika vazirligi Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida obyektni konservatsiyalash doirasida “gazni zararsizlantirish maqsadida xavfsiz yoqish” ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta olovli maydonlar aks etgan video paydo bo‘ldi.
O‘zbekistonda 1-martdan boshlab moped va skuterlarga yangi talablar joriy etilmoqda: majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish va ularni boshqarish uchun “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish.
Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi.
Bungacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonning biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqish va G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimlarini tiklashni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini ishga tushirdi. Ularni 2030-yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. GEF loyihalarga 6,5 mln dollar ajratdi.
Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasida chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilib, uning qo‘li kesildi. SSV xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2024-yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Umuman olganda, 2024-yilda jami 6898 nafar shaxs tomonidan 5716 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan.
Toshkent viloyati va shahrida atmosferaga zarar yetkazayotgan 46 ta issiqxonaning faoliyati to‘xtatildi. Bundan tashqari, 426 ta issiqxona egalari chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish zarurligi, shuningdek, chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlangani haqida ogohlantirildi.
Bandlik vazirligi 2024-yilda Kanada 5 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif etayotganini e’lon qilgandi. Migratsiya agentligiga ko‘ra, shundan so‘ng ishlash uchun 35 ming o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan. Ulardan 100 nafar nomzodning ma’lumotlari Kanada tomoniga taqdim etilgan. Ammo nomzodlarning barchasi rad qilingan.
Bir yil ichida mamlakatdagi eng yirik marketpleys Uzum Market’ning topshirish punktlari soni 3 barobar oshdi, ularning deyarli yarmi aholisi 30 ming nafardan kam bo‘lgan yashash punktlarida tashkil etildi.
10-yanvarda Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazildi. Ammo 3 millionga yaqin o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan tanlov natijalari ko‘p o‘tmay bekor qilindi. Migratsiya agentligi bunga texnik muammolarni sabab qilib ko‘rsatdi. Angliya kompaniyasi esa jarayonga uchinchi shaxslar aralashganini ta’kidlamoqda.
Raqobat qo‘mitasi reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalangani uchun Ucell (COSCOM) kompaniyasini jarimaga tortdi.
Nisbatan iliq dushanbadan keyin seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shimolda payshanba va juma kuniga o‘tar kechasi harorat −8…−13 darajagacha pasayadi. Jumadan boshlab harorat yana ko‘tariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting