Ikki shaxs AQShga ishga yuborish evaziga fuqarodan 51 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Firibgarlikda gumonlangan ushbu shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi.
JSST shamollashga qarshi Cold Out siropi namunasi Iroqdagi tahlilda sifat talablariga javob bermagani uchun uning xavfidan ogohlantirdi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi esa xavotirga o‘rin yo‘qligi va bu dori O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tmaganini bildirdi.
O‘zbekiston fuqarolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin bo‘ldi.
Shahrisabz tumanidagi Tanxozdaryo irmog‘ida Qizil kitobga kiritilgan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlandi.
Andijon tibbiyot institutining 5 nafar mas’ul xodimi “faoliyatida jiddiy kamchilik va qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani sababli” ishdan bo‘shatildi. Oliygoh rektori ham lavozimini tark etishi mumkin. Iyul oyida institutning ikki xodimi 16 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga tushgandi.
Statistika agentligi 1-iyul holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi 36,4 mln kishini tashkil etishini bildirdi. Eng ko‘p aholi Samarqandda (4 mln 159 ming), eng kami esa Sirdaryoda (904,9 ming) yashaydi. Demografik ma’lumotlar.
Britaniya hukumati Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ikkita kvartira va uyni musodara qildi. Ta’kidlanishicha, ular O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan olingan daromadlar evaziga sotib olingan. Mulklarning umumiy qiymati 20 mln funt sterlingdan ortiqqa baholanmoqda.
Shofirkon tumanida 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini 7 ming dollar va 300 mln so‘mga sotgan fuqarolar qo‘lga olindi.
Yakkasaroy tumanida 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan keksa yoshli piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘chada 63 yoshli erkak 8 yoshli qizni o‘pib, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qildi. Toshkent shahri IIBB erkak ushlangani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.
O‘zbekistonda “Umra” xizmatlari faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilishi, ular maxsus litsenziyani olish uchun 100 ming dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yishi shartligi belgilandi. Voyaga yetmagan fuqarolarga “Umra” xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlandi.
Misrdan ekstraditsiya qilingan qidiruvdagi o‘zbekistonlik, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Carrefour supermarketlarini sotib olayotgan Magnum, yosh qizga tegingan erkak 10 yilga qamalgani, Farg‘onada o‘zini osgan 16 yoshli qiz, 2-bosqichi boshlangan “OpenBudget” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Toshkentda 48 o‘ramdagi giyohvandlik moddalari va dorixona narkotiklarini tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Ish e’lonini Telegram orqali topganini aytgan erkak 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Aprel oyida poytaxt ko‘chalarining birida 17 yoshli qizning ortidan kelib, uning nomusiga tegishga uringan erkakka nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
O‘zbekistonda iyul oyida 28,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 11,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘z uyidan osilgan holda topildi. Uning yaqinlari so‘nggi vaqtlarda qizda ruhiy buzilish bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda pochta orqali ID-karta va xorijga chiqish pasportini uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Qozog‘istonning Magnum Cash & Carry kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha Carrefour do‘konlarini Majid Al Futtaim Uzbekistan`dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Qisqa muddatli yopilishdan so‘ng supermarketlar Magnum brendi ostida faoliyatini boshlaydi.
O‘zbekistonning 560 nafar davlat xizmatchisi (shu jumladan rahbarlari) o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ularning 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilgan. 81,7 foizi buning uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganini aytgan.
“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumiga loyihalar kiritish tugatildi. 20 kun ichida portalga respublika bo‘ylab jami 49,4 mingta taklif kelib tushdi. Eng ko‘p taklif ichki yo‘l ta’miri bilan bog‘liq. Endi loyihalar ko‘rib chiqiladi. 27-avgustdan ularga ovoz berish boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting