O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.
Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.
Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.
Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
AQSh elchisi Jonatan Xenik va USAID missiyasi rahbari Devid Xofman Toshkent havosi haqida gapirdi. “Har kim buni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishi kerak, chunki bu barchaga — „siz, oilangiz va farzandlaringizga“ taalluqli. Shuningdek, hukumatni muammoni o‘rganib, chora ko‘rishga undash zarur”, — dedi elchi.
Qo‘qonda qandolatchilik korxonasida elektrga mayning qurilmalari ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Tadbirkorga jami 4 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.
Eski ToshMIdagi sobiq kadetlar korpusi binosi profnastil panjara bilan o‘raldi, hududda demontaj ishlari boshlandi. Bino Rossiya tibbiyot universiteti filiali uchun tayyorlanmoqda. Shahar madaniy meros boshqarmasi rekonstruksiya loyihasini hali tasdiqlagani yo‘q, ammo “ishni nazorat qilmoqda”.
Shamolda tomi uchib ketgan hokimlik binosi, o‘zbek-qozoq chegarasi haqida yozgan Nazarboyev, Toshkentning “tashrif qog‘ozi"ga aylanadigan bozorlar, Latviyada mashhurlikka erishgan o‘zbekistonlik kuryer, keshbek tizimiga kiritilayotgan cheklov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.
O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy”dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.
Poytaxtning Yangihayot tumanida mast erkak onasining enagasini kaltakladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor etib tayinlandi.
Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash, shuningdek, qiymati 15 milliard so‘mlik 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalari bilan tanishdi.
Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting